Ikrom Aliboev ilk turda nega maydonga tushmadi?
01 mar 15:17
Yangiliklar
Ikrom Aliboev ilk turda nega maydonga tushmadi?
"Neftchi" bosh murabbiyi Islom Ismoilov Superliga 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Mashal" (3:0) bahsidan keyin farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning holati haqida malumot berdi.
Mutaxassisning takidlashicha, Aliboev kichik jarohat tufayli "Mashal" bilan o'yinda ishtirok etmagan.
"Ikrom Aliboevning jarohatini u qadar jiddiy deb bo'lmaydi, lekin muskullarida tortishish kuzatilgan. Shifokorlar uning tiklanishi uchun kamida 10 kun vaqt kerakligini aytgan. O'ylaymanki, "Andijon" bilan bahsga qadar safga qaytadi", – dedi Ismoilov.

"Neftchi" – "Mashal" o'yinidan keyin Islom Ismoilov ishtirokida o'tgan matbuot anjumani bilan to'liq holda ushbu havola orqali tanishasiz.
Malumot uchun, farg'onaliklar 5 mart kuni 2-tur doirasida "Surxon" mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar