So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  19 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Islom Ismoilov: "Marushich ham, Perica ham yuqori darajadagi hujumchilar" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Marushich ham, Perica ham yuqori darajadagi hujumchilar"

Superliga 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Mashal" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz...

- Hammaga salom. Avvalo, barchani g'alaba bilan tabriklayman! O'yinga kelsak, albatta 1-tur bahsi oson o'tmasligi aniq edi. Uchrashuvdan oldin ko'pchilik "Mashal"ga past baho bergandi. 

1 hafta davomida futbolchilarga bu bo'yicha to'g'ri ko'rsatmalarni berib keldik. Sababi "Mashal" ham bu yil tarkibni shakllantirishda bir qator legionerlarni taklif etdi, murabbiyi o'zgardi. Shu narsalarni hisobga olgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Ko'p ishlanmalarimiz o'yinda ish berdi.

- Bugungi uchrashuvdan qay darajada ko'nglingiz to'ldi? Jamoa sizning taktik sxemangizda muvaffaqiyatli o'ynay oldimi yoki qo'shimcha o'zgartirishlar kiritish kerakligini his qildingizmi?

- Murabbiy hech qachon o'z o'yin uslubidan 100% qoniqmaydi. Kamchiliklarimiz bor, ammo g'alaba qozonish yoqimli. O'yindagi hamma qulay vaziyatlarni golga aylantirganimiz, hisob bundan-da yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Ammo yigitlar biz xohlayotgan narsani bajarishga harakat qilmoqda.

- "Neftchi" uchun "Mashal" noqulay jamoa edi. O'tgan yili "Neftchi"ni Kubokdan chiqarib yuborgan. Sizni g'alaba bilan muborakbod etmoqchiman. Ikrom Aliboevning holati haqida malumot bersangiz. U "Andijon" bilan o'yingacha safda bo'ladimi?

- Ikrom Aliboevning jarohatini u qadar jiddiy deb bo'lmaydi, lekin muskullarida tortishish kuzatilgan. Shifokorlar uning tiklanishi uchun kamida 10 kun vaqt kerakligini aytgan. O'ylaymanki, "Andijon" bilan bahsga qadar safga qaytadi.

- Stipe Perica asosiy tarkibda maydonga tushishini ko'pchilik kutmagandi. Hamma ko'proq Marushichni kutgandi. Ammo qaroringiz o'zini oqladi. Shu haqda nima deya olasiz?

- Albatta, Marushich ham, Perica ham yuqori darajadagi hujumchilar. Ular bir-birining o'yinini to'ldira oladi. Biz "Mashal"ning o'rtoqlik uchrashuvlaridagi o'yinlarini tahlil qilib chiqdik va ularda standart vaziyatlar bo'yicha kamchilik borligini payqadik. Shu bois Perica bosh bilan yaxshi o'ynashini hisobga olib, uni boshlang'ich tarkibda tushirdik va bu o'zini oqladi. U ikkita standartdan bittasidan unumli foydalandi. O'ylaymanki, hujumchilar o'rtasidagi raqobat davom etsa, bu faqat ularning o'ziga foyda bo'ladi.

- Botirali Ergashev ko'p bor oldinga chiqqaniga guvoh bo'ldik. Bu holatdan "Mashal" foydalana olmadi. Shu narsa boshqa o'yinlarda pand bermaydimi?

- Jamoamiz ancha yuqorida harakat qilmoqda. Orqada juda katta bo'shliq paydo bo'lmoqda. Shu tufayli darvozabon o'yin davomida tavakkalga qo'l urib, o'sha bo'shliqni to'ldirishga majbur. Buning aksi bo'lsa, raqib bundan foydalanib ketishi mumkin. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi, yuqori chiziq bo'yicha o'ynasak, bu narsaga ko'nikishimiz kerak. Darvozabon bu holatda so'nggi himoyachi sifatida joyni to'ldiradi.

- O'tgan yili "Neftchi" uzoq yil kutilgan chempionlikni qo'lga kiritdi. Siz juda masuliyatli lavozimni egalladingiz. Siz bu jamoani chempion qilsangizgina, o'tgan yilgi natijani qayd etgan bo'lasiz. Shu haqda fikr bildirsangiz...

- "Neftchi" bosh murabbiyi bo'lish — men uchun sharaf. Jamoa oldiga yuqori maqsad qo'yilgani ham har bir murabbiyga motivaciya beradi. Hech qachon bu kabi holatlardan qo'rqmaganman. Sababi necha yildan buyon futbol ichidamiz. Bu narsa bosim o'tkazmaydi, aksincha, oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoada ishlashni xohlaganman. "Neftchi" tomonidan berilgan taklif meni har tomonlama qoniqtirdi. Maqsadimiz — chempionlikni himoya qilish va Elit OCHLda munosib qatnashib, tarix yaratish. Bu yil chempionat oson bo'lmaydi, lekin biz harakat qilamiz. Umuman qo'rquv his qilmayapman. Jamoaga ishonaman, qo'l ostimdagi futbolchilar O'zbekistondagi eng yaxshilari. Ular bilan yana chempionlikka erishamiz.

- Hakam hushtagi yangraganidan so'ng sizda ko'zyoshlar qalqib chiqqandek bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq edi? 

- Bu sizga shunday ko'ringandir (kuladi). Bo'lishi mumkin.

- Farruh Sayfiev tushganidan so'ng Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan bir qanotda bo'lib qoldi. Bu oldinga yurishmidi?

- O'yin oxirida tempni yanada oshirmoqchi bo'ldik. Xurshid G'iyosovni hujumchi ortiga qo'yib, Ibrohimhalilni qanotga qo'ydik. Biz ko'proq gol urishni xohladik. O'ylaymanki, bizda shundan keyin qulay vaziyatlar tashkil etildi. Futbolchilarga yangi g'oya va taktikaga moslashish uchun vaqt talab etiladi. Hammasi birdaniga ro'y bermaydi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda ko'pchilik Farruh Sayfievni o'ng qanot himoyasida o'ynatishingiz haqida taxminlar bildirdi. Sizda Farruhni o'ngga, Ibrohimni chapga qo'yish rejasi bormidi?

- Farruh Sayfiev juda tajribali futbolchi va ikki qanotda ham birday o'ynay oladi. Bundan tashqari Izzatillo Po'latov ham bor edi. Biroq biz bu nuqtada Muhsin Ubaydullaevni o'ynatishga qaror qildik. Ularning barchasi asosiy tarkibda o'ynashga loyiq futbolchilardir.

- Stadiondagi muxlislik haqida fikringiz...

- Farg'onada muxlislik doim yuqori darajada bo'lgan. Ular o'yinga bizdan ham ko'p tayyorgarlik ko'rgan deb ayta olaman. Ularning qo'llab-quvvatlashi bizga kuch beradi. Futbol muxlislar bilan go'zal. Bizning oliy maqsadimiz — Farg'ona xalqini xursand qilish.

Reyting: +13   

Fikrlar

+1   
01 mar 06:30:34
Адхамжон Низамов
Qwerty 007 foydalanuvchining fikriga javob berish
Dastlabki tur oʻyini ramazon oyiga toʻgʻri kelganligi sababli ham stadionda muxlislar koʻp boʻlmadi shekilli, oʻtgan yili oddiy oʻyinlarda ham bundan kam muxlis kirmagan edi.
Пойтахт жамоаларида бошка махал хам мухлис кирмайди,лекин кеча Самарканд,Андижон,Фаргонада мухлислар ташрифи яхши булди ва бир кун олдин Бухорода куп эди.
+1   
28 fev 23:39:05
Qwerty 007
Dastlabki tur oʻyini ramazon oyiga toʻgʻri kelganligi sababli ham stadionda muxlislar koʻp boʻlmadi shekilli, oʻtgan yili oddiy oʻyinlarda ham bundan kam muxlis kirmagan edi.
+1   
28 fev 23:18:05
leva8989
Islombekni ortida Hokim buva turipti,futbolchilarni gazini beradigan,haqiqatan ham tarkib va zahira juda kuchli,Islombekda tanlov yuqori,Andijon bilan o'yinda haqiqiy baho beramiz,nasib qilsa bu mavsum ham Neftchimiz chempion
+1   
28 fev 23:08:15
Абдугаффор . N
Кетма кет галабалар кутиб коламиз! Омад ёр булсин!
+1   
28 fev 22:50:16
Акмал Аляров
Омад Нефтчига,галабада қисман тренер Имзоси кўринди,лекин Машъал дан бир бош устунлиги билиниб қолди,хақиқий баҳони кейинги турларда берамиз
+1   
28 fev 22:16:31
David Terezege
Gap yoq molodes Islombek
Keyingi uyinlargayam omadlar
   
01 mar 16:34:16
Жалоладдин Мухаммадович✈
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Унчалик эмас,зато натижа 100% га бажарилди
Ха лекин ўйин чиройли бўлмад
   
01 mar 06:33:51
Адхамжон Низамов
Жалоладдин Мухаммадович✈ foydalanuvchining fikriga javob berish
Бугун Нефтчин ўйин зерикарли бўлди
Унчалик эмас,зато натижа 100% га бажарилди
   
01 mar 06:32:34
Адхамжон Низамов
Олдинлари мухлислар ташрифини сони ёзилар эди,хозир нега ёзилмайди,ёки соликдан яширишмикин.
-1   
01 mar 00:19:12
Жалоладдин Мухаммадович✈
Бугун Нефтчин ўйин зерикарли бўлди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика