So’nggi yangiliklar

19:14"Реал" — "Севилья". Мбаппе ва Беллингем асосий таркибда  0 18:40Ўзимизнинг карикатура. Гвардиола ва "Манчестер Сити"нинг ишлари жойида эмас  6 18:20А Серия. "Рома" ўз уйида 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Шомуродов захирада қолдирилди  9 18:07"Эвертон" — "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" — "Борнмут" ўйини учун таркиблар маълум  6 17:28Беларусь чемпионатининг кетма-кет икки йилдаги энг яхши ҳимоячиси "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 17:11"Гёзтепе" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  0 16:59Магуайр Италияга йўл олиши мумкин  0 16:11МЮ ва "Ман Сити" бразилиялик хавбек учун 70 млн евро таклиф қилишди  0 15:43ОКМКнинг янги посбони Ҳумоюншоҳ Сайётов: "Ёш йигитчанинг болаликдаги орзуси амалга ошди"  2 15:12"Ювентус" "Реал" хавбекини нишонга олди  1 14:43Эшитдик-да! Олег Зотеев собиқ жамоасига қайтди   6 14:27Бешинчи дивизион клуби Франция кубогида сенсация қайд этди. Бош қаҳрамон — 35 ёшли ошпаз дарвозабон  3 13:50Флик Гарначо бўйича қарор қабул қилди  3 13:22Ямал "Барселона" билан муҳим келишувга эришди  5 12:45Нкунку қишда "Челси"дан кетиши мумкин  0

"Men Messi yoki supermen emasman" - yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

"Men Messi yoki supermen emasman" - yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Bir necha kun ilgari Toshkentning "Paxtakor" klubi Iroq terma jamoasi yarim himoyachisi Bashar Resan transferini elon qildi. SHu munosabat bilan Superliganing yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz.

Bashar 1996 yilning 22 dekabrida Bag'dodda sportchilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Resan Bonyan 70-yillarda "Al Sikka" va "Al Zavra" jamoalarida to'p tepgan. Iroq terma jamoasi bilan va 1973 yil Falastin kubogida 4-o'rinni egallagan. Biroq otasi futbolda o'zi ko'zlagan maqsadlarga erisha olmadi va faoliyatini erta yakunladi. SHundan so'ng o'g'liga o'zining yaqin do'sti va Iroq terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Bashar Rashid sharafiga Bashar deya ism qo'ydi.

Bazi xorij manbalarining yozishicha, uning onasi turk millatiga mansub bo'lib, gimnastika bilan shug'ullangan.

Garchi Vikipediya malumotlarida u dastlab Amo Baba nomidagi mahalliy futbol maktabida tahsil olgani qayd etilgan bo'lsa-da, mendagi malumotlarga ko'ra, Resan undan avvalroq, 7 yoshida Turkiyaning "Fenerbahche" futbol akademiyasida tahsil olishni boshlagan va jamoa bilan yoshlar ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan. Keyinchalik Iroqqa qaytib kelgan. Amo Baba nomidagi maktabda ikki yil tahsil olgach, mashg'ulotlarni "Al Quva" ("Eyr Fors")da davom ettiradi. 2011 yil esa klub bilan professional shartnoma imzolaydi. Uning shartnoma imzolash tarixi hayratlanarli, hatto biroz ishonish qiyin. 2010-2011 yilgi mavsumda 14 yoshli Bashar o'zidan ancha katta bolalar bilan o'ynayotgan o'smirlar jamoasidan tanlab olindi. Jamoaning bosh murabbiyi Toir Ahmad va uning yordamchisi Volid Dohid yosh yigitchaning o'yinlarini kuzatib, uni asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazish uchun taklif qilishdi. SHu tariqa, Resan qariyb 100 yillik tarixga ega klub bilan shartnoma imzolagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Mening futbolga kirishim boshqa iroqlik futbolchilardan farq qilmaydi. Futbolchi sifatida shakllanishimda otamning o'rni beqiyos. Barchaga malum, otam terma jamoaning sobiq o'yinchisi bo'lgan va iqtidorlarni kashf etishda ziyrak va zehnli inson bo'lgan. Albatta, keyinchalik futbolchi sifatida shakllanishimda Amo Baba maktabi va "Eyr Fors" yoshlar jamoasi katta rol o'ynadi.

Bundan tashqari, u Iroqning turli yoshdagi terma jamoalarida to'p tepa boshladi. 16 yoshida Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Resan 17 yoshga to'lishiga bir necha oy qolganida milliy terma jamoa safida Peruga qarshi o'yinda debyut qildi.

Resanning kutilganidan o'ta tez tarzda yuksaklikka chiqishi ko'pchilikning havasi bilan birga shubhalanishiga sabab bo'ldi, yani aka-ukalardan iborat oila vakilining yoshi kichraytirilgan bo'lishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar yangray boshladi. Mamlakat futbolida bunday holat juda ko'p uchrab turardi. Iraqsport nashri jurnalisti Ravan al Nahi Bashar Resan aslida 1993 yil tavallud topganini, garchi passportiga 1996 yil qayd etilgan bo'lsa-da, uning oila reestrida 1993 yilda tug'ilgan ekanligi yozilganini, futbolchini terma jamoadan chetlatish lozimligini yozdi. Hatto u Rio Olimpiadasidan chetda qolishi mumkin edi. Biroq futbolchi va rasmiylar ayblovlarni inkor etishdi.

Hujumkor yarim himoyachi "Eyr Fors" tarkibida 2017 yilga qadar to'p tepdi va bu vaqt ichida Iroq chempionatida, kubogi va OFK kubogida bosh sovrinlarni qo'lga kiritdi.

2016 yil futbolchining SHotlandiya klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqaldi, biroq transfer amalga oshmadi.

2017 yil Resan Eronning "Persepolis" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Yangi klubidagi debyutini 17 sentyabr kuni "Paykan"ga qarshi o'tkazgan hujumkor yarim himoyachi ilk mavsumda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Ikkinchi mavsumida esa o'z iqtidorini namoyon etish imkoniyati paydo bo'ldi. U dastlabki golini "Saypa" darvozasiga urdi. SHartnomasini esa yana bir mavsumga uzaytirdi. 2020 yilning dekabrida futbolchi klub bilan kelishuvini bekor qildi va "Qatar SK" tarkibiga borib qo'shildi.

Resan "Persepolis" bilan uch martadan Eron Pro ligasida va superkubogida hamda bir marta Hazfi kubogida g'olib bo'ldi. SHuningdek, 2018 va 2020 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi finallariga qadar etib borib, hal qiluvchi o'yinlarga imkoniyatni boy berdi. Resan "Persepolis" safida 2020 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi chorak finalida "Paxtakor"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlagan. Jalolidddin Masharipovning 15-daqiqadayoq chetlatilishi oqibatida toshkentliklar bir kishi kam bo'lib qolgandi. Buning natijasida qo'shimcha ustunlikka ega bo'lgan forslar yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. O'sha yili u ovoz berish natijalariga ko'ra, Osiyo CHempionlar ligasining eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi.

Qizig'i, Resan "Persepolis"ni Osiyo CHempionlar ligasi finalidan keyin tark etgan va jamoa bilan birga Eronga qaytmagan. Keyinchalik "Qatar SK" tarkibida to'p tepib yurgan kezlarida hordiq chiqarish uchun Eronga borgan va soliq muammosi tufayli bir muddat mamlakatdan chiqib keta olmagan. Gap shundaki, Erondagi uy yillik faoliyati davomida "Persepolis" klubi uning soliqlarini to'lamagan, bu esa muammo keltirib chiqardi. SHundan so'ng, Bashar sobiq klubidan uning muammosini hal qilishini so'rab, murojaat yo'lladi. Agar u CHempionlar ligasi finalidan so'ng Eronga qaytganida, shunchaki Tehrondan boshqa mamlakatga chiqa olmagan bo'lardi.

"Qatar SK" klubida ham uch mavsum to'p tepgan Bashar bir muddat Qatarning boshqa jamoasi — "Al Marhiya" sharafini himoya qildi va "Eyr Fors"ga qaytdi. 

"Eyr Fors" futbolchilari jamoa OCHL-2 doirasida o'z maydonida "Al Taavun"ga mag'lub bo'lgach, muxlislar etiroz va haqoratlariga sabab bo'ldi. 

Bunday tomoshabinlar muxlislik uchun stadionga tashrif buyurishadi deb o'ylamayman. Bu jihat futbolchilarga qo'shimcha bosim yuklaydi. Menga nisbatan ham shunday haqoratlar yangradi. To'g'ri, biz mag'lubiyatga uchradik va buning uchun muxlislardan kechirim so'rashimiz kerak. Biroq futbolchilar imkoniyatlari darajasida harakat qilishdi, bundan ortig'ini namoyish eta olishmaydi. Men Messi yoki supermen emasman, salbiy natija yuzaga kelishida bazi ishqibozlarning ham aybi bor.

2024 yilning 13 dekabr kuni Bashar Resan "Paxtakor" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Resanning Iroqning turli yosh toifalarida to'p tepgani hamda milli terma jamoadagi debyuti to'g'risida yuqorida aytib o'tdik. U mamlakatning olimpiya terma jamoasi bilan 2014 yil U-22 Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarildi. SHundan co'ng, futbolchi oltin medalini 2014 yilda Speycher qirg'inida halok bo'lgan 1700 iroqlik askardan birining onasiga topshirdi. Milliy terma jamoasi safida u hozirga qadar 50 dan ortiq o'yinda maydonga tushdi. SHu jumladan, u terma jamoani salkam uch yil boshqargan sloveniyalik Srechko Katanecning muhim figuralaridan biriga aylandi. 

Katanec haqida gapiradigan bo'lsam, milliy terma jamoa bilan erishgan natijalari bu insonga bergan haqiqiy bahom bo'la oladi. U texnik jihatdan malakali murabbiy bo'lib, boshqalarning gapiga quloq solmaydi, balki ishonch bilan u yoki bu futbolchiga tayanadi. U kuchli shaxsiyatga ega va o'zining noyob taktik rejalari bilan ajralib turadi. Uning muvaffaqiyati biz va milliy terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatdir. Biz uni va milliy terma jamoamiz boshqaruvida turgan hamda barcha iroqliklarni mamnun etadigan natijalarga erishadigan har qanday murabbiyni qo'llab-quvvatlaymiz.

Katanec qo'l ostida Bashar Iroq terma jamoasi bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi doirasida murabbiyning ayni damda boshqarayotgan jamoasi O'zbekistonni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur uchrashuvda Resan o'ta faol harakatlari bilan ajralib turdi, biroq ko'plab qulay imkoniyatlarni ko'kka sovurdi.


O'zbekiston kuchli jamoa, bu jamoaning tarkibida kuchli ligalarda ishtirok etadigan professional futbolchilar to'p tepadi. Bunday tajribali jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Jamoamiz so'nggi daqiqalargacha hushyorlikni yo'qotmadi. Men juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadim. Bu vaziyatlarda biroz shoshqaloqlikka yo'l qo'ydim. CHunki Katanec qo'l ostida hujumchi ampulasiga moslashishga harakat qilyapman. Keyingi o'yinlarda xatolarni to'g'rilashga harakat qilaman. Biz murabbiy istagan ko'rsatmalarni bajardik. Mazkur o'yin barcha uchun foydali bo'ldi, deb o'ylayman.

2018 yil Bashar Iroq terma jamoasi tarkibida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Biroq bu kun futbolchi yorqin emas, qayg'uli xotira bilan eslanadigan bo'ldi. Gap shundaki, Saudiya Arabistonida o'tkazilgan bellashuv boshlanishidan bir necha soat ilgari Basharning kasal onasi hayotdan ko'z yumdi. Otasi muhim o'yin oldidan o'g'lining qayg'uga botishini istamadi va bu haqda unga aytmasligi kerakligini murabbiylardan so'radi. Futbolchilarning mobil telefonlari o'yindan oldin yig'ib olindi, shu sababli, Resan voqeadan xabar topmadi. Biroq bu voqeadan muxlislar internet orqali xabardor bo'lib ulgurishgandi. O'yin davomida tomoshabinlar unga ko'proq urg'u berib, tasalli berib, qo'llab-quvvatlashga harakat qilishdi. Birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatgan Bashar ikkinchi bo'limda muxlislarning ishoralaridan gap nimada ekanligini tushundi. Buni payqagan Katanec uni zaxiraga oldi. Yarim himoyachi olqishlar ostida maydonni tark etdi... 


O'sha kunni hech qachon unutmayman. Yoshligimdayoq onamni yo'qotish men uchun juda og'ir edi. U men uchun ham ona, ham do'st edi. Boshqa futbolchilar onamning vafot etganini bilishardi, lekin ular menga ruhiy tasir o'tkazmasligi uchun buni sir tutishdi va Argentinaga qarshi o'yinda ishtirok etdim.

Oilam bilan 7 kunlik achchiq motamdan so'ng Eronga qaytdim va "Al-Sad" bilan o'yin oldidan bor-yo'g'i bir-ikkita mashg'ulotda qatnashdim. Men bir vaqtning o'zida ham qayg'uda, ham xursand edim, chunki onam har o'yindan keyin menga birinchi bo'lib qo'ng'iroq qilardi, ammo "Al Sadd"ga qarshi CHempiolnlar ligasida g'alabali bellashuv uning vafotidan keyingi birinchi o'yinim bo'lgan. Final hushtagi yangraganidan keyin men u bilan boshqa gaplasha olmasligimni va vaziyat men uchun dahshatli ekanini angladim...

"Persepolis" futbolchilari esa chempionat doirasidagi navbatdagi o'yin oldidan Resanni qo'llab-quvvatlashdi.

Futbolchi maydondagi xatti-harakatlaridan tashqari maydon tashqarisidagi fikrlari bilan ham faol. U hazil qilishni yaxshi ko'radi. Pandemiya davrida u Instagram orqali tez-tez jonli efirda chiqish qilgan. SHunday chiqishlarning birida SHayan Moslehning karantinda haddan tashqari vazn to'plaganini hazilga olgan.

SHayan juda yaxshi yigit. Men u bilan ikki yil xonadosh bo'lib, kitobdan boshi chiqmasligiga guvoh bo'lardim. Uning kuniga to'rt soat kitob o'qishiga ishona olasizmi? U o'z kitoblaridan bittasini menga sovg'a qilgan, lekin uni ochib ko'rganim yo'q, qaerda ekanligini ham bilmayman. Men unga aytdim, bu kitob forscha bo'lsa, unga qanday tushunaman? Karantin payti uning mashg'ulot olib borayotganini ko'rdim. O'shanda uning qorni shunchalik oldinga chiqib ketgandiki, boshqorong'i ayolga o'xshab qolgandi (kuladi). U juda aqlli va quvnoq yigit.

SHuningdek, u jamoadoshi, xorvatiyalik darvozabon Bojidar Radoshovichning karantin davrida sochini butkul oldirgan uslubiga shunday izoh berdi:

To'g'ri, u kelishgan yigit va bu uslub unga yarashaveradi, ammo menga yarashmaydi. Bilasizmi, bir marta sochimni shunday ko'rinishda oldirganman va bu menga omadsizlik keltirgan. Bosh murabbiy Gabriel Kalderon (u tepakal edi) menga o'qrayib qarab, shunchaki: "Bor, zaxira o'rindiqqa o'tir!" degan. O'ylashimcha, shu tufayli to'rt hafta davomida zaxira o'rindiqda qolib ketganman.

Serjilo va mohirona o'yinlari tufayli Bashar Resan Iroqning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Iroqlik futbolchi jahon yulduzlaridan Zinedin Zidan, Krishtianu Ronaldu va Anxel Di Mariyaning, klublardan esa "Real Madrid" muxlisi hisoblanadi. Uning yangi klubidagi faoliyatida omad tilaymiz.

Debyutida chetlatilgan, APL klublari nazariga tushgan, hakamga musht tushirgani uchun yarim yil futbolsiz qolgan hamda maoshini bolalarga hadya qilgan Superliganing eng yaxshi xorijlik o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

Bir kun avval tark etgan jamoasi uchrashuvini balkondan kuzatgan, yurakdagi muammo tufayli ikki yil o'ynamagan hamda boshqa sport turi bo'yicha vice-chempionga aylangan "Neftchi"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

Ilk o'yinida uyiga yig'lab ketgan, 15 yoshida terma jamoada debyut qilgan hamda samolyotda shug'ullangan "Surxon" to'purari bilan yaqindan tanishamiz

Gepard taqibidan qochgan, Arsen Vengerdan taklif olgan hamda O'zbekistondagi titullarni yig'ishtirib olayotgan Dragan CHeran bilan yaqindan tanishamiz

Bolaligida karatechi bo'lishi kutilgan, zaxira o'rindig'i bilan mushtlashgan hamda 35 dollar evaziga tabrik yo'llaydigan "Nasaf"ning argentinalik futbolchisi bilan tanishamiz

Bobosi yaponiyalik, buvisi braziliyalik bo'lgan, akasi sababli poziciyasini o'zgartirgan hamda kubok finalida hal qiluvchi 11 metrli zarbani ko'kka sovurgan "Bunyodkor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" — sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz

"Oltin to'p" sohibidan libos olgan, o'yiniga it tushib kelgan hamda uchta evrokubokda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan "Nasaf" yarim himoyachisi bilan yaqindan tanishamiz

ECHLda "Borussiya"ga gol urgan va "Real" bilan durang o'ynagan hamda chempionlikni nishonlash paytida jarohat olgan "Paxtakor"ning yangi o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+3   
22 dek 15:38:08
Soccerland777
Мақола учун алоҳида раҳмат!
+2   
22 dek 12:42:45
Бахтиёр Ашуров
Қадаминг қутлуғ келсин!
+1   
22 dek 12:09:34
Behzod
Aminlar Paxtakor transferlari haqida ma'lumot berib turinglar. Yangi legionerlari qayerdan kimga qiziyqapti. Eshitisgimizga qaraganda Aziz Ganiev bilan muzokara olib borayotgan ekan Paxtakor shu rostmi?
   
22 dek 18:46:52
Odilbek Abdushukurov
Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husaynni ham sotib olishsa yaxshi bo‘lardi. Bunaqa hujumchi bizning chempionatda yo‘q.
-2   
22 dek 12:17:27
I love Kokand
Сарлавҳами бу мақола?
Ўзими бу қўзими бу?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика