So’nggi yangiliklar

17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  1 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  1 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  1 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  2 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  9 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3

Meksika-2011 qahramoni Timur Hakimov 26 yoshga to'ldi Yangiliklar

Meksika-2011 qahramoni Timur Hakimov 26 yoshga to'ldi

Teglar :  Timur Hakimov
Bugun "Oq-tepa" klubi hujumchisi, 2011 yili Meksika yashil maydonlarida porlagan yulduzchamiz Timur Hakimov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Meksikadagi o'smirlar (U-17) o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz tarkibida porlagan futbolchilardan biri bu Timur Hakimov edi. O'sha kichik mundialda bugungi kun qahramoni chinakamiga porlagandi. Meksikadan qaytib kelgan terma jamoamiz azolariga O'FA maydonida "Spark" avtomobillarining tantanali ravishda topshirilgani hamon ko'z o'ngimizda.     

- Yoshligim barcha bolalar kabi oddiy o'tgan, - deydi Timur bolalik yillarini esga olib. - Ko'chada tengdoshlarim bilan o'ynardim. Etti yoshimdan futbol bilan hamnafasman. Ko'chada futbol o'ynab yurganimizda kattaroq bolalar uydagilarim yoniga kelib, meni futbolga berishlarini so'rashgan. Bu bolada qobiliyat bor deb aytishgandi. Birinchi murabbiyim Aleksey Evstafeev. Bu murabbiydan bir umrga minnatdorman. 

Faoliyatimdagi eng yorqin turnir sifatida hech ikkilanishsiz Meksikadagi jahon chempionatini aytgan bo'lardim. Bu mening ilk jahon chempionatim edi. Dastlabki turdagi mag'lubiyatga qaramay chorak finalga qadar etib borgandik. Mundialdagi sharoitlar, muhit ajoyib edi. Meksikada xatto bizga mahalliy aholi ham chin dildan muxlislik qilgandi. Xuddi o'z maydonimizda o'ynagandek taassurot bo'lgandi.

Ha, haqiqatan ham Meksikadagi mundialni hali uzoq vaqt eslab yuramiz. Mayli, endi bu tarix. O'sha jahon chempionati qahramonlaridan biri Timur Hakimovni bugungi tavallud ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Bu tabrikka saytimiz ijodkorlari va muxlislari ham qo'shiladilar. U joriy mavsum "Oq-tepa" klubi sharafini himoya qilyapti.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика