So’nggi yangiliklar

12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:36Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи мартта Андижонда 6 та гол урди   4 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   8 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

"MediaUZ – futbol haftaligi" o'tkaziladi Yangiliklar

"MediaUZ – futbol haftaligi" o'tkaziladi

Teglar :  FutbolO'FA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda 2019 yil 23-29 avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlab ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun "MediaUZ – futbol haftaligi" o'tkazish rejalashtirilgan.

Musobaqa — yurtimizdagi jurnalist va blogerlar, umuman milliy media maydonida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni xalq farovonligini oshirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shishda bir musht bo'lib birlashtirish va jipslashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Axborot sohasining barcha vakillarini do'stlik, hamjihatlik, hamfikrlik shiori ostida o'tkaziladigan "MediaUZ – futbol haftaligi"gida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Hurmatli bloger va jurnalistlar! 

Musobaqa nizomiga muvofiq, unda asosan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlardan tuzilgan 24 ta jamoa qatnashadi. Unda ishtirok etish istagini bildirganlar shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar — fuqarolik pasporti, mehnat daftarchasi yoki tuzilganiga 3 oydan kam bo'lmagan muddatli mehnat shartnomalari nusxasini, shuningdek, 3x4 hajmdagi fotosuratlarini "oksmm@intal.uz" elektron manziliga yuborishi lozim.

Arizalar 2019 yilning 22 avgustigacha qabul qilinadi. 

Bundan tashqari, tadbir arafasida — 22 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida futbol musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. SHuningdek, matbuot anjumanida musobaqa tartib-qoidalari, ochilish va taqdirlash marosimi to'g'risida axborot beriladi. 

Qo'shimcha malumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

Tel: (97) 920-24-80

(71) 277-77-58

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика