"Roma" Sanchoga qaror qabul qilish uchun ikki kun vaqt berdi va "Bolonya"dan Dominges yoki boshqa variantlarga o'tishga tayyor
23 avg 12:17
Yangiliklar


"Roma" Sanchoga qaror qabul qilish uchun ikki kun vaqt berdi va "Bolonya"dan Dominges yoki boshqa variantlarga o'tishga tayyor
Avvalroq, rimliklar "Manchester Yunayted" bilan vingerning transferi bo'yicha kelishib qo'ygani, ammo hozircha futbolchining roziligini olishning imkoni bo'lmagani malum bo'lgandi - jumladan, bu uning agentlari berayotgan so'rovlari sabab ro'y bermoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining takidlashicha, A Seriya klubi yana ikki kun kutishga tayyor va agar bu vaqt ichida ingliz ijobiy javob bermasa, unda "jallorossi" boshqa maqsadlarga o'tib ketadi.
Qayd etilishicha, Krishensio Sammervill ("Vest Xem Yunayted"), Eremaya ("Deportivo de La Korunya"), Abde Ezzalzuli ("Real Betis") va Eginaldo ("Shaxtyor") nomzodlari allaqachon rad etilgan. Shu bilan birga, "Roma"da A Seriya ichidagi variantlar bor, jumladan "Bolonya"dan Benxamin Dominges.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar