Mbappening oilasi "Real"dan 175 mln evro bonus puli olmoqchi
30 jan 2024 18:52
Yangiliklar
Mbappening oilasi "Real"dan 175 mln evro bonus puli olmoqchi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening yaqinlari "Real" agarda futbolchini shu yoz o'z safiga qo'shib olishni istasa, bajarishi kerak bo'ladigan shartlardan birini elon qildi.
Futbolchining onasi va agenti Fayza Lamari "qaymoqranglilar"dan Kilianga yiliga 50 mln evro "toza" (soliqlardan keyingi summa) maosh so'ragan. Bu raqamlar "Real"dagi eng katta maoshdan ikki barobardan ham ko'proq degani — Toni Kroos, Luka Modrich va David Alaba yiliga 20 mln evrodan maosh olishadi.
Bundan tashqari, Lamari Madrid klubidan 175 mln evro miqdorida mukofot puli ham so'ragan. Bu summa Kilian aynan "Real" bilan shartnoma imzolagani uchun minnatdorchilik tariqasida berilishi va to'liqligicha Mbappelar oilasiga tegishi so'ralgan. Biroq "Real" bunday shartlarga ko'nish niyatida emas. "Qaymoqranglilar" klub hozirgi holati avvalgidan ancha yaxshiroqligini tushunib turibdi va hech qaerga shoshilmasdan ishni hal qilmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar