Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni echishim kerakmi?”, deb so'raganman”
26 fev 2020 21:05
Yangiliklar
Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni echishim kerakmi?”, deb so'raganman”
PSJ forvardi yoshligida bo'lgan voqealarni esga oldi.
“Dam olish kunlari meni “Real”da mashg'ulot o'tkazishga taklif qilishgani misoli Oyga parvozdek edi, u erga borishni juda ham xohlardim. O'yinlarimizni ko'rish uchun har xil skautlar kelib turishardi, men haqimda OAVda ham oz-moz yozishgan, ammo 13 yoshligimda ular oldida o'zimni qanday tutishim kerakligini bilmas edim.
Zidan bilan uchrashuvimizni esa hech qachon yodimdan chiqarmayman. Aeroportga etib kelganimizdan keyin, avtoturargohda bizni Zidan kutib oldi va bazaga olib borishni taklif etdi. Avtomobilga chiqqach, undan “oyoq kiyimimni echishim kerakmi?”, deb so'raganman. Nega bunday deganimni bilmayman, lekin bu Zidanning mashinasi edi, men esa orzuim ushaldi deb o'yladim”, – deydi Kilian Mbappe.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar