Mbappe marsellik kabobchini sudga bermoqchi
13 mar 2024 23:26
Yangiliklar
Mbappe marsellik kabobchini sudga bermoqchi
Futbolchi uning ruxsatisiz ismidan foydalangan tadbirkorni sudga beradi.
PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Marsel shahridan bo'lgan kabobchini sudga bermoqchi. Bunga kabobxona Mbappening nomidan ruxsatsiz foydalangani sabab bo'lgan.
Gap shundaki, Marsel shahridagi kabobchi Muhammad Henni mahsulotlaridan birida futbolchining nomini ishlatganidan so'ng Kilian Mbappening vakillaridan shikoyat xati olganini malum qildi.
Henni o'z mahsulotlaridan birini reklama qilayotganda, uni "Kilianning boshi kabi dumaloq", -deya izohlagan. Bu holat Mbappega yoqmagan.
Futbolchining vakillari bu harakat uchun Muhammad Henni va uning kabobxonasini sudga bermoqchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar