So’nggi yangiliklar

23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  1 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  3 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  9 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  8

Mavsum yakunlari. "Lokomotiv" 2019 yil 37ta uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

Mavsum yakunlari. "Lokomotiv" 2019 yil 37ta uchrashuv o'tkazdi

Navbatdagi futbol mavsumi ham o'z nihoyasiga etdi. Bundan buyon har bir klub mavsumdagi ishtirokini sarhisob qilib, shunga ko'ra 2020 yil rejalarini ishlab chiqadi.

Yakuniga etgan futbol mavsumi "Lokomotiv" uchun birmuncha omadsiz keldi. Yilni O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritish bilan boshlagan "temiryo'lchilar" afsuski, Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqa olishmadi. "Loko" shuningdek birinchi marta o'tkazilgan Liga Kubogini ham guruh bosqichida tark etdi. 

Superligada bu yil ikkinchi bo'lish nasib qildi. Buni qaysidir jihatdan yaxshi natija desa bo'ladi. Ketma-ket uch yil O'zbekiston chempioni bo'lgan "Lokomotiv" bu yil o'z tarixida to'rtinchi marta kumush medallarga ega chiqdi. Malumot uchun, "temiryo'lchilar" 2015, 2014, 2013 yilgi mavsumlarda ham ikkinchi o'rinni egallagandi. 

Afsuski, bu yil O'zbekiston Kubogidagi yurish omadsiz chiqdi. Musobaqaga 1/8 finaldan kirishgan jamoamiz birinchi o'yindayoq "Surxon"ga mag'lub bo'lgan holda Kubok bahslarini tark etdi. O'ylaymizki, keyingi yil Kubok uchun kurash boshqacha kechadi. 

"Lokomotiv" ushbu mavsum 37ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi. Superligada 26 uchrashuv o'tkazgan "temiryo'lchilar" Osiyo chempionlar ligasida 6 marta, Liga Kubogida 3ta hamda O'zbekiston Superkubogi bilan O'zbekiston Kubogida bittadan o'yinda ishtirok etishdi. 

"Lokomotiv" jami o'tkazilgan 37 o'yinning 17tasida zafar quchib, 11 bor durang o'ynadi va 9ta bellashuvda mag'lub bo'ldi. Dastlabki 20ta bahs Andrey Fyodorov, mavsumning qolgan 17 o'yini Samvel Babayan murabbiyligida kechdi. "Lokomotiv" Superliga ikkinchi davrasida faqat bitta o'yinda imkoniyatni boy berib, bu borada "Paxtakor" bilan bir xil ko'rsatkich qayd etdi. 

"Lokomotiv"ning 2019 yilgi mavsumda o'tkazgan o'yinlari: 

O'zbekiston Superkubogi - 1 (g'alaba)

Osiyo chempionlar ligasi - 6 (2 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat)

Coca Cola Superligasi - 26 (13 g'alaba, 10 durang, 3 mag'lubiyat)

O'zbekiston Kubogi - 1 (mag'lubiyat)

O'zbekiston Liga Kubogi - 3 (1 g'alaba, 2 mag'lubiyat)

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика