Matich: "Ronaldu va Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar"
13 apr 2020 20:59
Yangiliklar
Matich: "Ronaldu va Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar"
"Manchester Yunayted" xavbeki Nemanya Matich "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" etakchisi Leo Messi haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Agarda farzandimga shu savolni bersangiz, u aniq Ronaldu deydi. U va Messi ikki xil futbolchilar. Albatta, Ronalduda aqlbovar qilmas iqtidor bor. Uning yutuqlari zamirida tinimsiz mehnatlar yotadi.
Messida ham ajoyib iqtidor bor. U kam ishlaydi, demoqchimasman. Uning ham o'ziga xos mashg'ulotlari bor. Baribir ular ikki xil tipdagi futbolchilar.
Ular orasidan eng zo'rini tanlash oson emas. So'nggi 15 yilda ulardan o'tadigani bo'lmadi. Ularning qilayotgan ishlarini boshqalar takrorlashi juda qiyin. Kimgadir Messi, kimgadir Ronaldu yoqadi.
Ulardan birini tanlay olmayman. Ular futbol tarixidagi eng zo'rlari", - dedi Matich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar