Marselo, Karim Benzema va Teo Ernandes mashg'ulotlarga qaytdi
05 okt 2017 17:08
Yangiliklar
Marselo, Karim Benzema va Teo Ernandes mashg'ulotlarga qaytdi
"Qaymoqranglilar" safga qaytishi boshlandi.
Terma jamoalar o'yinlari tufayli klublarda tanaffus yuzaga keldi. Ammo madridliklar dam olish haqida o'ylamayapti.
CHorshanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotda terma jamoalarga chaqirilmaganlar va "Kastilya"ning bir necha vakili ishtirok etdi.
Jamoaga befarq bo'lmaganlar uchun Marselo, Teo Ernandes va Karim Benzemaning umumiy guruhga qaytgani chinakamiga xushxabar bo'ldi. Ammo braziliyalik mashg'ulotning faqatgina birinchi qismini o'tkazdi va maydonni tark etdi, uning franciyalik jamoadoshlari esa qolganlar bilan shug'ullanishni davom ettirishdi.
Daniel Karvaxal, Mateo Kovachich va Garet Beyl hamon tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar