Markinosga Messining so'zlari yoqmadi
08 iyu 2019 19:24
Yangiliklar
Markinosga Messining so'zlari yoqmadi
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining so'zlariga izoh berdi.
Yarim finalda braziliyaliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 32 yoshli forvard medal taqish marosimida ishtirok etmadi. Messi "korrupciya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo'l qo'ymadi" dedi.
"Messining gaplari odamlarni xafa qiladi. U bilan va unga qarshi o'ynaydigan barcha futbolchilar Leodan ilhom olishadi. Biroq uning so'zlari menga yoqmadi.
Hakamlar "Barselona" va Argentina terma jamoasi foydasiga xato qilganida u korrupciya haqida gapirganini eshitmaganman. Mag'lubiyatni qabul qilishni o'rganish kerak" - deydi Markinos.
Lionel Messi: “Korrupciya va hakamlar Argentinani finalga chiqishiga yo'l berishmadi”
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar