So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

Markes Lopes: "O'zbekiston terma jamoasi o'yinini yaxshi tahlil qilgandik" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Markes Lopes: "O'zbekiston terma jamoasi o'yinini yaxshi tahlil qilgandik" (to'liq matbuot anjumani)

Osiyo kubogi chorak finalidan o'rin olgan Qatar va O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan so'ng Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Markes Lopes va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan darvozabon Meshal Barsham matbuot anjumanida qatnashdi.

— Janob murabbiy, g'alaba bilan tabriklayman. Nega Hasan Al Haydosni erta zaxiraga oldingiz?

— Biz bu uchrashuvda g'olib bo'ldik. Menimcha, bundan muhim savollar bor. Al Haydosning zaxiraga olinishi o'yindagi har doimgi o'zgarishlardan biri bo'ldi. Boshqa savol bersangiz yaxshiroq bo'lardi.

— Meshal Barsham, penaltilar seriyasidagi to'rtinchi va beshinchi zarbani qoyilmaqom tarzda qaytardingiz. Sizga zarba payt hech qayoqqa sakramaslik fikri qaerdan keldi?

— Iliq fikrlar uchun rahmat. Qatar terma jamoasining barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Penaltilar seriyasiga kelsak, ozgina omadim keldi. Biroq, asosiy faktor aynan penaltilar seriyasiga yaxshi tayyorgarlik ko'rganim va raqibni o'rganib chiqqanim deb o'ylayman.

— Mashel, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganingiz bilan tabriklayman. 5, 10 va 26-raqamli futbolchilar bergan zarbani qaytarishni uddalading. Bu qanday sodir bo'ldi? Qanday qilib o'rtaga berilgan zarba yo'nalishini topa oldingiz?

— Bu futbolchilardan biri bilan "Nasaf"ga qarshi o'yinda to'qnash kelganman. 10-raqamli futbolchi ham menga tanish, u o'rtaga zarba berishini oldindan kutgandim.

— Janob murabbiy, yarim finalda Eronga qarshi to'qnash kelasiz. Ushbu o'yin haqida gapirsangiz?

— Katta o'yin bo'ladi. Hozir yaxshi tiklanib olish haqida o'ylash kerak. Bizda etarlicha vaqt bor. Hozir esa birinchi navbatda g'alabani munosib nishonlashimiz kerak.

— Janob Lopes, Qatar terma jamoasini qabul qilib olganingizga ko'p muddat bo'lmadi. SHunga qaramay, terma jamoani yarim finalga olib chiqdingiz. Bu sizningcha yaxshi natijami?

— Albatta, biz har bir o'yinda g'olib bo'lish uchun o'ynaymiz. Hozirgi holatimizda yarim final biz uchun yaxshi natija, ammo asosiy maqsadimizga hali etganimiz yo'q. Yana ikkita o'yinda g'alaba qozonishni niyat qilganmiz.

— Janob murabbiy, o'yindan oldin O'zbekiston terma jamoasining kuchsiz jihatlari so'ralganda hozir aytsam rejalarim ochilib qoladi degandingiz. Bugun siz g'alaba qozondingiz, hozir O'zbekiston terma jamoasining zaif nuqtalari haqida gapira olasizmi, umuman o'yinga qanday reja bilan tushgandingiz?

— O'zbekiston terma jamoasi o'yinini yaxshi tahlil qilgandik. Ularning qaysi jihatlarda kuchli ekanligini juda yaxshi bilardik. Kamchiliklar haqida gapirsak, o'yindan oldin aniq rejaga tayangandik. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining oldindagi ikki nafar o'yinchisi juda tezkor (Oston O'runov va Abbos Fayzullaev — Championat.Asia) edi va ularni yopishimiz talab etilardi. Agar shu ikki o'yinchi neytrallashtirilsa g'alaba bizniki bo'lishini bilardik. Maqsadimiz aynan shu edi va buni uddaladik. O'yinning boshida gol urib oldik, keyin esa asabiylashganimiz sababli o'yinimiz sifati tushib ketdi, ikkinchi bo'limda esa to'p o'tkazib yubordik. Ammo, o'yinni oxirigacha olib borib yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozondik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика