Marca Umtitini "Sevilya"ga qarshi o'yinda baholamadi. U 90 daqiqa o'ynagandi
11 fev 2021 15:18
Yangiliklar
Marca Umtitini "Sevilya"ga qarshi o'yinda baholamadi. U 90 daqiqa o'ynagandi
Ispaniyaning Marca nashri Ispaniya Kubogi yarim final "Sevilya" va "Barselona" (2:0) jamoalari ishtirokidagi dastlabki o'yindan so'ng futbolchilarga baho qo'ydi.
Baholanmagan yagona futbolchi esa "Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti bo'ldi. Francuz raqibning birinchi golida aldab o'tildi, ikkinchi gol urilgan vaziyatda ham xatoga yo'l qo'ydi va 90-daqiqada almashtirildi.
Ananaga ko'ra baho qo'yilmasligi futbolchini o'yinni o'ta yomon darajada o'tkazganini bildiradi.
"Barselona" tarkibida Lionel Messi, Usmon Dembele va Frenki de Yong ikki yulduzdan olishdi. "Sevilya" darvozaboni Yassin Bunu, himoyachi Jyul Kunde va xavbek Joan Jordanning o'yinlariga uchta yulduzli baho qo'yildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar