Marca: "Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi"
20 okt 2017 18:19
Yangiliklar
Marca: "Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi"
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi.
Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
G'oliblarni elon qilish va taqdirlash rasmiy marosimi dushanba kuni Londonda bo'lib o'tadi. Manbaning keltirishicha, yilning eng yaxshi murabbiyi "Real" ustozi Zinedin Zidan bo'ladi. Tarixda ilk bor o'tkazilayotgan eng yaxshi darvozabon so'rovida esa Janluiji Buffon g'olib chiqadi.
Ronaldu 2016-2017 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi va CHempionlar ligasini qo'lga kiritdi. Portugaliyalik ECHLda 13 uchrashuvda 12ta gol urdi va musobaqa to'purari bo'ldi. U UEFA talqiniga ko'ra, Evropaning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldi.
Fikrlar