Manchini: "Germaniya juda ham kuchli terma"
05 iyu 2022 12:51
Yangiliklar
Manchini: "Germaniya juda ham kuchli terma"
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasida Germaniya bilan o'yindagi durang haqida gapirdi.
"Gol urib, tezda o'tkazib yuborganimizda juda oddiy xatolarga yo'l qo'ydik. Achinarli. Oson o'yin bo'lmadi, ayniqsa, bahsning starti biz uchun qiyin bo'ldi. Keyin esa o'zimizga kelib oldik. Yigitlar uchun xursandman. Ular kuchli termaga qarshi yaxshi o'yin namoyish qilishdi.
Jamoam haqida o'ylashim kerak. Tarkibimizda iqtidorli yoshlar juda ko'p. Umid qilamanki, ularning rivojlanishi tez bo'ladi. CHunki yo'l juda olis.
Germaniya juda kuchli terma. Bahs startida qiynalganimiz sababi esa qaror chiqarishda qiynaldik. O'z o'yinimizni topib olganimizdan so'ng esa barchasi yaxshi ketdi", - dedi Manchini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar