"Manchester Yunayted" "Valensiya" yarim himoyachisi transferini tayyorlamoqda
04 jan 2024 16:19
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Valensiya" yarim himoyachisi transferini tayyorlamoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyasini kuchaytirmoqchi va "Valensiya" futbolchisi Xavi Gerra ularning radarida.
"Relevo" xabariga ko'ra, mankunianlar skautlari ispaniyalikning o'yinini bir necha bor kuzatishgan. Klub sport departamentining fikricha, u jamoani kuchaytirish uchun eng yaxshi nomzod hisoblanadi.
Ehtimol, bu qishda transfer amalga oshmaydi, ammo "Valensiya"ning moliyaviy muammolari yozgacha ularning muzokaralardagi poziciyasini yumshatishi mumkin. Gerraning shartnomasida 100 million evrolik tovon puli bor, ammo “Manchester Yunayted” 35-40 million evroga teng bo'lgan shartnomadan umidvor.
Xavi Gerra ushbu mavsum 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning narxi 20 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar