"Manchester Yunayted" Raboning transferi bo'yicha "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
09 avg 2022 18:27
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Raboning transferi bo'yicha "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Manchester klubi endilikda 27 yoshli francuzni shartnoma imzolashga ko'ndirishi kerak.
Qayd etish kerakki, yarim himoyachi uchun eng katta muammo "qizil iblislar"ning ushbu mavsum CHempionlar Ligasida o'ynamasligi bo'lishi mumkin.
SHu bilan birga, MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag Rabo bilan telefon orqali gaplashdi va unga birgalikdagi faoliyatga qiziqish bildirayotganini aytdi.
Francuz o'tgan mavsum italyan jamoasi tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 17 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar