So’nggi yangiliklar

09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  0 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  0 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  2 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  3 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  34 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  4 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  5 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  16 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2

"Manchester Yunayted" qishda katta shov-shuv ko'tara olmaydi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" qishda katta shov-shuv ko'tara olmaydi

"Manchester Yunayted" qishda faqatgina ikki futbolchini ijaraga olishi mumkin bo'ladi.

Erik ten Xag qo'l ostidagi ikkinchi yozdagi holat ham 2022 yildagi kabi bo'ldi: rejalar doimiy o'zgarib turgan va byudjet pullarini ishlatishda xatoliklar qilingan.

"Yunayted" yozda Meyson Maunt, Andre Onana, Rasmus Xeylund, Altay Bayindir va Sofyan Amrabatni olib kelish uchun 200 mln funtdan ko'p mablag' ishlab yubordi. Avvaliga klub transferlar uchun bunchalik ko'p mablag'ni ishlatishni reja qilmagandi.

Biroq jamoaga kelgan futbolchilar Xeylundning 20, Mauntning 24 va Onananing 27 yoshdaligini inobatga olsak, ular uzoq muddatli loyihalarda ishtirok eta olishadi va jamoani kuchaytiradi, degan fikrga kelishgan. Ammo shu holatda ham klub Xarri Keynni sotib olishga harakat qilib ko'rgan. Bunday holatda MYUda qishki transferlar uchun umuman pul qolmagan bo'lardi.

MYU Meyson Mauntning transferi uchun 40 mln funtdan ko'p mablag' ishlatishni istamagan. "CHelsi" bilan bir yillik shartnomasi bor futbolchi uchun 50 mln funt ham ko'p deb hisoblangan. Biroq London klubi futbolchisini sotmagani uchun taklif 55+5 mln funt ko'rinishiga kelgan.

"Atalanta" ham Xeylundni 50 mln funtdan kamiga berib yuborishni istamagan. Ammo muzokaralar davomida "Yunayted" 60 mln funtdan ko'p mablag' to'lamasligini aytgan, lekin muzokaralar davomida bu summa 72 mln funtga oshib ketgan va muzokaralar yarim tunda soat 3da yakunlangan. Yakunda "Atalanta" 86 mln funt talab qilganligi malum bo'lgan.

Onana esa "Inter"ga tekinga o'tib, 47 mln funt evaziga "Yunayted"ga transfer qilindi. Undan tashqari, Amrabatning ijarasi uchun "Yunayted" "Fiorentina"ga 8 mln funt to'lashga rozi bo'lgan.

Ushbu transferlar sababli MYU UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishiga bir bahya qolgan. SHu sababli qishda klub eng uzog'i bilan faqatgina ikki futbolchini ijaraga olishi mumkin bo'ladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика