"Manchester Yunayted" ECHLning eng yaxshi darvozabonlaridan birini nishonga oldi
10 may 19:20
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" ECHLning eng yaxshi darvozabonlaridan birini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" klubi PSJ va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor.
26 yoshli italiyalikning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga etadi va uning shu yozda ketishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paymoqda.

Avvalroq "Manchester Yunayted"ning qiziqishidan tashqari, "Yuventus" va hatto Donnarumma bilan Chempionlar Ligasi finalida o'ynaydigan "Inter" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"TEAMtalk"ning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim shaxsan klub rahbariyatidan Donnarumma transferi bo'yicha taklif bilan chiqishni so'ragan.
Avvalroq "Manchester Yunayted" tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar