"Manchester Yunayted" "Everton" himoyachisi uchun "Tottenxem" bilan raqobatlashmoqda
03 noy 14:50
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Everton" himoyachisi uchun "Tottenxem" bilan raqobatlashmoqda
Premer-liganing katta klublari "Everton" himoyachisi Jarred Brantueytga qiziqmoqda.
"Caught Offside" malumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" "irislar" himoyachisini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Gudison Park"da 2030 yilgacha to'p tepishi mumkin bo'lgan shartnomani imzolagan Brantueyt "Everton" kelajagining muhim qismi hisoblanadi.
"Everton" qatiy qaror qabul qilgan: klub Angliya terma jamoasi futbolchisini sotish niyatida emas va uni taxminan 70 million funt sterlingga baholamoqda, bu raqam avvalroq "Yunayted"ni cho'chitib yuborgandi.
23 yoshli angliyalik himoyachi bu mavsum jarohati tufayli o'ynamadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar