Manba: Roys "Borussiya D" murabbiyiga qarshi isyonga boshchilik qilmoqda
21 dek 2023 10:35
Yangiliklar
Manba: Roys "Borussiya D" murabbiyiga qarshi isyonga boshchilik qilmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys bosh murabbiy Edin Terzichga qarshi chiqdi va futbolchilarni o'zidan o'rnak olishga chaqirdi. Bu haqda "Bild" nashri klubdagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qovog'arilar" faxriysi va jamoa murabbiyi o'rtasidagi munosabatlar joriy mavsumda yomonlasha boshlagan. Bungacha ular orasida hammasi yaxshi edi.
Klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishida Terzich muhim rol o'ynagandi. Biroq Roys endi murabbiyga qarshi. U murabbiyining bazi, jumladan, o'yin vaqtidagi qarorlari yoqmayapti. "Borussiya"ning boshqa o'yinchilari futbolchini qo'llab-quvvatlayaptimi yoki yo'q, hozircha nomalum, biroq avvalroq Gregor Kobel, Niklas Fyullkrug va Yulian Brandt Terzichning taktik qarorlari haqida salbiy fikr bildirishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar