Manba: Modrich "Real" bilan yangi shartnoma imzoladi
29 may 2022 20:30
Yangiliklar
Manba: Modrich "Real" bilan yangi shartnoma imzoladi
Madridning "Real" klubi xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bilan kelishuvni uzaytirdi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.
Manbaga ko'ra, 36 yoshli yarim himoyachining "qirollik klubi" bilan yangi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Qayd etilishicha, tomonlar ikki oy avval yangi shartnoma borasida to'liq kelishib olishgan, biroq bu kelishuv og'zaki bo'lgan. Endi barcha kerakli hujjatlar imzolandi va faqat "Real Madrid"ning rasmiy bayonotini kutish qoldi.
Kecha Modrich "Real" bilan birgalikda navbatdagi CHempionlar Ligasida g'alaba qozondi. Bu klub uchun o'n to'rtinchi, Luka uchun esa beshinchi shunday sovrin edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar