"Man Siti" Messini transfer qilishni o'ylamoqda
25 avg 2020 14:43
Yangiliklar
"Man Siti" Messini transfer qilishni o'ylamoqda
"Manchester Siti" "Barselona" forvardi Lionel Messi klub uchun qanchalik qimmatga tushishini baholamoqchi.
"SHaharliklar" argentinalik futbolchining transferi qiyin bo'lishini tushunib turishibdi, ammo "ko'k-anorranglilar" Leoni sotishga rozilik bildirgan taqdirda transferga tayyor bo'lishmoqchi.
SHu sabab "Manchester Siti" transferning ehtimoliy harajatlarini hisoblamoqda. "Siti" shuningdek moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmasdan Messi bilan imzo chekish mumkinligi yoki yo'qligini o'rganishmoqda.
Oldinroq, 33 yoshli futbolchiga PSJ va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. "Barselona" esa Messini faqat 700 mln evro evaziga qo'yib yuborishi haqida ham xabarlar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar