So’nggi yangiliklar

11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  3 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1

Maksim SHackix: "Yosh futbolchilar har doim ham stabil o'ynay olishmaydi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Yosh futbolchilar har doim ham stabil o'ynay olishmaydi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix Superligadagi starti haqida hulosa qildi.

Maksim SHackix "Paxtakor"ning natijalari haqida izoh berdi.

"Mavsum boshlanishidan avval yoshlar qanday o'yin namoyish etishadi degan shubhali fikrlar yangrayotgandi. Biroq jamoamiz mavsumni ishonchli tarzda boshladi va natijalar bilan ko'pchilikni hayron qoldirdi.

"Surxon"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdik va o'z o'yimizda "Nasaf"dan yaxshiroq o'ynadik, ammo ustunligimizni hisobda namoyish eta olmadik. Ikki uchrashuvdan so'ng, "Paxtakor" shunday ishonchli o'yin namoyish etadi degan tuyg'u paydo bo'ldi, lekin yosh futbolchilar stabil o'ynay olishmaydi. Bu fakt.

Hujumkor va jozibali o'yinlardan keyin mantiqsiz va qiyin uchrashuvlar uchrab turadi. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan bahs buni isbotlab berdi. "Temiryo'lchilar"ga qarshi o'yinda o'yinimiz chiqmadi va barcha rejalarimiz teskarisiga amalga oshdi. Bunday omadsiz holatlar bo'lib turadi. Bu tabiiy hol.

Xulosa chiqarib ishlashda davom etamiz. Biz mag'lubiyat chog'i aybdorni izlamaymiz. O'sha kungi natijani esa oqlash niyatim yo'q. Biroq "terma jamoa"chilar yig'inlardan oldingi va terma jamoa yig'inlaridan keyingi o'yinlarni yaxshi o'tkaza olmasligi tabiiy hol, lekin bu faktor biz uchun bahona bo'la olmaydi.

Biz yigitlarga ishonishda va mehnat qilishda davom etamiz" - deya izoh qoldirdi Maksim SHackix ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan birida


 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика