So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  14 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  19 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Maksim SHackix "Paxtakor"dagi 3 mavsumlik faoliyatini izohladi Yangiliklar

Maksim SHackix "Paxtakor"dagi 3 mavsumlik faoliyatini izohladi

Maksim SHackix ijtimoiy tarmoqda "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati haqida post qoldirdi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatimni yakunlar ekanman, mana shu 2,5 yil davomida birga ishlagan barchaga rahmat aytmoqchiman!

Hurmatli klubimiz Prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaevga bildirilgan ishonch va sabr-toqat, qo'llab-quvvatlash va donoligi uchun samimiy minnatdorman!

Klub ofisida mehnat qilgan barchaga, jamoaning barcha xodimlariga va shtabimizga, maydonda barcha kuchlarini qoldirgan futbolchilarga, jamoani oxirigacha qo'llab-quvvatlagan va ishongan barchaga tashakkur aytaman.

Ushbu mavsumlarning turli davrlarida meni shaxsan qo'llab-quvvatlagan barchaga chin qalbimdan tashakkur bildiraman. Bizga ishonmagan barchaga alohida rahmat, sizlar bizni yanada kuchliroq bo'lishimizga yordam berdingiz. Biz ikki marta chempion bo'lib, ajoyib yo'lni bosib o'tdik. Albatta, hamma narsa biz istagandek bo'lmadi, lekin hayot shunisi bilan yanada qiziqroq bo'ldi!

Futbolchilarimizga xorijning nufuzli klublaridan talab borligidan xursandman. Demak, biz to'g'ri yo'nalishdamiz.

Abbosbek Fayzullaev (CSKA), Aziz Turg'unboev (Sivasspor), Muhammadali O'rinboev (Brentford), Doston Tursunov (Istiqlol Huziston), Metyu Stinvorden (Terrenganu), Pshemislav Banashak (Gurnik), Hojimat Erkinov (Al Vahda), Ikrom Aliboev (Kanvon), Sardor Rashidov (Um Salal) va boshqalar.

Bir yil oldin klub rahbariyati belgilagan rivojlanish yo'nalishiga muvofiq katta etibor qaratgan yosh futbolchilarimiz katta o'sishga erishishdi. Men bundan xursandman. Bu jarayon oson kechmadi, natija yaxshi bo'lmagan bo'lsa ham, kelajak uchun mustahkam poydevor yarata oldik. Buning tasdig'i sifatida mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb tan olingan Muhammadrasul Abdumajidovni misol keltirishimiz mumkin.

Men ishonch bilan yosh jamoani yangi murabbiyga topshiraman va klub tuzilmasini rivojlantirishga etibor qarataman. Maydondan tashqarisida ham etibor qaratishimiz kerak bo'lgan jabhalar bor. Oldinda ulkan rejalar va ko'plab ishlar kutmoqda", - deya izoh qoldirdi Maksim SHackix o'zining Instagram sahifasida.


Eslatib o'tamiz, Maksim SHackix klub direktorlar kengashi azosi va Jahongir Ortiqxo'jaev maslahatchisi sifatida klubdagi faoliyatini davom ettiradi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика