So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

Maksim SHackix 40 yoshga to'ldi Yangiliklar

Maksim SHackix 40 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackixning tug'ilgan kuni. Biz to'purar futbolchining faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.

1978 yilning 30 avgustida tug'ilgan Maksim SHackix futboldagi ilk qadamlarini "Paxtakor" futbol maktabida tashlagan.

Uning eng gullagan davrlari shubhasiz Kievning "Dinamo" klubida o'tgan. 1999 yil Valeriy Lobanovskiy murabbiyligidagi jamoaga o'tgan Maks ushbu klubda 10 yil o'ynadi. SHu vaqt ichida ikki marta Ukraina chempionati to'purariga aylandi. 1999 yil 28 iyulida SHackix Evropa CHempionlar ligasidagi dastlabki golini "Jalgiris"ga qarshi o'yinda urdi. SHu tariqa, hujumchi ECHLda gol urgan dastlabki osiyolik futbolchi bo'ldi. Undan oldin UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda Mirjalol Qosimov to'p kiritgandi. CHempionlar ligasida o'tkazgan 9 mavsumi davomida hujumchi 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

"Dinamo" safida Ukraina chempionatida 215ta o'yinda 97ta gol urdi. 2009 yilning 26 mayida Kiev klubi "SHaxtyor"ga qarshi o'ynadi. O'sha o'yin Maksim uchun klub safidagi oxirgi o'yin bo'lib qolishi malum edi. "Dinamo" stadioniga muxlislar hujumchiga atab ajoyib bannerni osishdi. Bannerni tomosha qiling.



Afsuski Kiev jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin uni o'sha bahsda maydonga tushirmagan...

"Muxlislarga katta rahmat! Bu holatda oddiy qarab bo'lmasdi. O'zimni yig'idan zo'rg'a to'xtatdim. Ushbu bannerni esdalik uchun olib qo'ydim", - degandi o'sha uchrashuvdan so'ng SHackix.  

Hamyurtimiz shundan so'ng Qozog'istonning "Lokomotiv" (hozirgi "Astana"), Kievning "Arsenal", Odessaning "CHernomorec" klublarida faoliyat olib bordi. So'ngra esa Ujgorodning "Goverla" klubida to'p tepdi. 

2010 yilning 4 aprelida «Arsenal» (Kiev) — «Metallurg» (Zaporoje) (2:0) uchrashuvida qahramonimiz Ukraina chempionatlaridagi o'zining 100-golini urdi. Buning uchun hujumchiga 222 o'yin kerak bo'ldi.

SHackix Ukraina chemiponatida 125ta gol urib bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi. Hamyurtimiz 97ta golni "Dinamo" safida, 22ta golni "Arsenal" tarkibida va 6ta golni "Goverla" safida raqiblari darvozasiga urgan.



SHackix 2003 yil Osiyoda yilning eng yaxshi o'yinchisi so'rovida uchinchi, 2005 yil esa ikkinchi o'rinni band etdi. To'rt marta O'zbekistonda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan (2003, 2005, 2006, 2007).

Qahramonimiz terma jamoa safida Osiyo Kubogi-2000, 2007 va 2011 saralashi va final bosqichilarida ishtirok etgan. Bundan tashqari JCH-2002, 2006 va 2010 saralashlarida maydonga tushgan.

U hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchi hisobalandi - 61ta o'yin, 34ta gol.

2014 yilning 29 may kuni O'zbekiston terma jamoasi Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mana shu bahs SHackixning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini bo'lib tarixga kirdi.

2016 yilda SHackix Kievning "Dinamo" klubi akademiyasida murabbiy bo'lib ish boshladi. U erda 1 yil ishladi.

2017 yilning 2 iyun kuni Kievning "Dinamo" klubiga Aleksandr Xackevich bosh murabbiy etib tayinlandi. Belaruslik murabbiy Maksim SHackixni o'z murabbiylar shtabiga qo'shdi.



"Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat. Termadagi o'yinlarim orasida birdaniga BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda",  - degandi SHackix Ummonga qarshi o'yindan so'ng.  

2010 yil sport jurnalisti Viktor Xoxlyukning tashabbusi va futbolchining roziligi bilan Ukraina klublarida to'p tepgan futbolchilar uchun Maksim SHackix nomidagi to'purarlar klubi tashkil etilgan. Unda hozirga qadar 172ta gol urgan SHackixning o'zi birinchi o'rinda bormoqda.



Maksim SHackix
Jamoaviy yutuqlari: 

6 marta Ukraina chempioni

5 marta Ukraina Kubogi sohibi

3 marta Ukraina vice-chempioni

2 marta Ukraina kubogi finalchisi

1 marta Qozog'iston vice-chempioni


SHaxsiy yutuqlar:

2 marta Ukraina chempionati to'purari

4 marta O'zbekistonda yil futbolchisi







Bu videoda Maksim SHackixning faoliyatining yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin. 





Championat.asia saytining barcha xodimlari va muxlislari nomidan Maksim SHackixni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Unga murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 



Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика