Madrid meri - Kurtuaga CHL-2014 finali haqida: "Sen bilan birga Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda"
30 may 2022 13:37
Yangiliklar
Madrid meri - Kurtuaga CHL-2014 finali haqida: "Sen bilan birga Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda"
Xose Luis Martines-Almeyda - "Atletiko" muxlisi, Tibo Kurtua esa 2011-2014 yillar davomida jamoa sharafini himoya qilgan.
Kurtua "Liverpul" (1:0)ga qarshi CHempionlar Ligasi finali oldidan: "Real" finalga qadar etib borganda, uni yutgan. Endilikda men to'g'ri tomondaman".
"Real"ning musobaqadagi g'alabasini nishonlashida ishtirok etgan Madrid meri: "Real" o'zida XX asrning eng yaxshi klubi maqomini saqlab turibdi... Ayni paytda esa XXI asrning ham".
So'ngra Martines-Almeyda Kurtuaga murojaat qildi: "Sen bir necha yillar menga zavq bergansan. CHin yurakdan senga bitta narsani aytishimga izn ber: sen bilan Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda".
"Real" 2014 yilda "Atletiko"ni CHempionlar Ligasi finalida 4:1 (qo'shimcha taymlardan so'ng) hisobida mag'lub etgan edi. Kurtua o'sha o'yinda "roxiblankos" darvozasini qo'riqlagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar