So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  3 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Lyubinko Drulovich: "Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni uddalaymiz" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni uddalaymiz"

Xabaringiz bor, ertaga futbol bo'yicha Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalari uchinchi o'rin uchun bahs olib borishadi.

 Ananaga muvofiq uchrashuvdan bir kun avval har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi. Jamoalar yakuniy bosqichda bo'lgani bois murabbiylar bilan birga har ikki jamoaning bir nafardan futbolchilari ham mazkur anjumanda ishtirok etishdi. Terma jamoamizdan olimpiyachilarimiz sardori Islomjon Qobilov qatnashdi.

“Ertaga juda muhim uchrashuv ekanligini bilib turibmiz. Bu oson o'yin bo'lmaydi. Avstraliya ancha jiddiy raqib. Raqib jamoa tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o'yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo'lajak bahs o'zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni uddalaymiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.


“Saudiya bilan o'yindan keyin, avvalo, ruhiy jihatdan, keyin jismoniy jihatdan o'zimizga kelib olishimiz kerak. Endi Avstraliyadek kuchli raqibni mag'lub etib, Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritimish lozim. Buning uchun borimizni beramiz”, – dedi Islomjon Qobilov.

– Janob Drulovich, Saudiyaga qarshi o'yindan keyin yigitlarga etarli motivaciya bera oldingizmi?

– Motivaciya o'yindan oldin juda muhim. Saudiya bilan o'yindan keyin Tokio-2020 uchun bizda yana bir imkon bor. Yigitlarim ham karerasi uchun ertangi bahsda g'alaba qozonish qanchalik muhim ekanligini tushunib turishibdi. Biz ham bor kuchimizni ishga solsak, maqsadimizga eta olamiz.


– Har ikki jamoalarning turli yosh toifalaridagi o'yinlarini hisobga olsak, ko'pchilik “sokkeruzlar”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Bunga qanday izoh berasizlar?

– Har ikki jamoada ham imkoniyat 50/50. Bizda yaxshi o'yinchilar bor. Men ularning imkoniyatiga ishonaman. O'tgan o'yinda ham g'alaba uchun ancha yaqin keldik. Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarga yo'l qo'yildi. Endi ertaga shu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilamiz (Lyubinko Drulovich).
– Murabbiyimiz aytib o'tganidek, o'yindan avval har ikki jamoada imkoniyat bir xil bo'ladi. Eng oxirgi o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, bir necha yil avval Bahraynda o'tgan U-19 Osiyo chempionatida biz Avstraliyani 3:2 hisobida mag'lub etganmiz. Menimcha, uchinchi o'rin uchun kechadigan bahs finaldan ham muhimroq. Bu turnirga jamoalar Olimpiada yo'llanmasi uchun kelishadi. Finaldagilarda yo'llanma naqd. Ular chempionlikni hal qilib olishadi. Biz esa Tokio licenziyasi uchun kurashamiz (Islomjon Qobilov).

– Bahrayndagi musobaqada Doston Ibragimov ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi. Kecha ko'tarinki kayfiyatda uning tug'ilgan kunini nishonlashdi. Doston bo'lajak bahsga tayyormi?

– Albatta. Hozir nafaqat Doston, balki hamma o'yinga tayyor. Avvalo, biz o'zimizga ishonishimiz kerak. Jamoadagilar bir-biriga ishonib, bir-birini qo'llab maydonda harakat qilsa, biz, albatta, maqsadga eta olamiz.

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика