So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  23 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  593 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Lyov yakuniy ro'yxatni elon qildi: Syurprizlar ko'p! Yangiliklar

Lyov yakuniy ro'yxatni elon qildi: Syurprizlar ko'p!

Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasining JCH-2018ga boradigan yakuniy tarkibini elon qildi.

Yoaxim Lyovning bu galgi qarorlari ham ko'pchilikni hayron qoldirdi. Kutilmaganda yakuniy ro'yxatdan darvozabon Bernd Leno, "Bayer" himoyachisi Jonatan Ta, "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane hamda hujumchi Nils Petersen tushib qoldi.

Yoaxim Lyov Rossiyaga olib ketayotgan uch nafar darvozabondan ikkitasi o'tgan mavsumda o'yin amaliyotisiz qolgan Manuel Noyer va Kevin Trapp. SHuningdek, "Bavariya"da asosan zaxirada o'tirgan Sebastyan Rudi ham Rossiyaga boradigan tarkibda qoldi. Leroy Saneni yakuniy ro'yxatga kiritilmagani haqiqiy syurprizga aylandi. Ammo Yoaxim Lyovning bu qarorlari odatga aylangan. 

Misol uchun, Lyov o'z vaqtida Bundesligada to'purar bo'lgan va "Bayer"da porlagan payti Kisslingni JCH va Evropa chempionatlariga olib ketilmagan. JCH-2014da esa Podolskini tarkibga kiritilgani qattiq etirozlarga sababchi bo'lgan. Yoki 2010 yilgi mundialdagi yakuniy tarkib bo'yicha Lyovga tanqid toshlari juda ko'p otilgan. Ammo yakunda Lyov bu tanqidlarga natija va chiroyli o'yin orqali javob qaytar. 

Lekin shunga qaramay Lyovning Trapp, Leno, Rudi va Sane bo'yicha chiqargan qarorlari nemis matbuotini yana larzaga keltirdi.


Germaniya terma jamoasining JCHga boradigan yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar:
Manuel Noyer ("Bavariya")
Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona", Ispaniya)
Kevin Trapp (PSJ, Franciya)

Himoyachilar:
Jerom Boateng ("Bavariya")
Mattias Ginter ("Borussiya" Myonxengladbax)
Yonas Xektor ("Kyoln")
Mats Xummels
Yozua Kimmix (ikkisi – "Bavariya")
Marvin Plattenxardt ("Gerta")
Antonio Ryudiger ("CHelsi", Angliya)
Niklas Zyule ("Bavariya")

Yarim himoyachilar:
Yulian Brandt ("Bayer")
Yulian Draksler (PSJ, Franciya)
Sebastyan Rudi ("Bavariya")
Leon Gorecka ("SHalke-04")
Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti", Angliya)
Sami Xedira ("Yuventus", Italiya)
Toni Kroos ("Real", Ispaniya)
Marko Roys ("Borussiya" Dortmund)
Mesut Ozil ("Arsenal", Angliya)


Hujumchilar:
Tomas Myuller ("Bavariya")
Mario Gomes ("SHtutgart")
Timo Verner ("RB Leypcig")

Reyting: -76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика