Noyer: "Germaniya tarkibida boshqa o'ynamayman. Bu ongli qaror edi"
10 sen 21:20
Yangiliklar
Noyer: "Germaniya tarkibida boshqa o'ynamayman. Bu ongli qaror edi"
"Birinchidan, meni hech kim taklif qilgani yo'q. Bu mening ongli qarorim edi - terma jamoada boshqa o'ynamaslik va xalqaro futboldagi faoliyatimni yakunlash. Shuning uchun, bu men uchun hatto muhokama qilinadigan masala ham emas.
Men u erda juda muvaffaqiyatli va yoqimli vaqt o'tkazdim va Manuel Noyerning terma jamoaga qaytishi yoki qaytmasligi haqida mutlaqo o'ylamayapman. O'z yurtimizdagi Evropa chempionati men uchun ajoyib yakunlama bo'ldi.
O'ylaymanki, nemis futboli menga ko'p narsani o'rgatdi, ehtimol men ham nemis futboliga o'z hissamni qo'shganman," - dedi "Bavariya" darvozaboni.
Malumot uchun, Noyer o'tgan yozda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. Milliy jamoaning so'nggi o'yinlarida Mark-Andre ter Stegenning jarohati tufayli "Hoffenhaym"dan Oliver Baumann darvozabon vazifasini bajarmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar