Luka Modrich mavsum oxirida "Real"dan ketadi
20 jan 2024 19:05
Yangiliklar
Luka Modrich mavsum oxirida "Real"dan ketadi
Xorvatiyalik futbolchining Madriddagi davri o'z yakuniga etmoqda.
Futbolchiga yaqin insonlardan birining malum qilishicha, Luka Modrich "Real" bilan yangi shartnoma imzolamaydi. Xorvatiyalik yoshi o'tgani tufayli, asosiy tarkibning doimiy futbolchisi bo'lmayotganini tushunadi va yosh futbolchilarga yo'l berish vaqti keldi deb hisoblaydi. O'z navbatida klub mavsum so'ngida 38 yoshli futbolchi bilan chiroyli tarzda xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynaydi. Bu mavsum u barcha musobaqalarni inobatga olganda 24 ta o'yinda ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar