Luis Enrike: "Maoshimning bir qismidan voz kechishga tayyorman, lekin OAV bilan muloqotga kirishmayman"
27 sen 2024 17:30
Yangiliklar
Luis Enrike: "Maoshimning bir qismidan voz kechishga tayyorman, lekin OAV bilan muloqotga kirishmayman"
Franciyaning PSJ jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlar bilan muloqot qilish vaqtini qisqartirish uchun pul to'lashga tayyor.
"Jurnalistlar bilan yaxshi vaqt o'tkazaman. Hech qachon matbuot anjumanlariga xalaqit bermayman, nima demoqchi bo'lsam, shuni aytaman. Ammo xayolimga shunday fikr keldi: agar menga maoshimning bir qismini berib, OAV bilan aloqa qilmaysan deb hujjat tutqazishsa, unga imzo qo'yardim. Klub bilan shartnomada jurnalistlar bilan suhbatlashish majburiyati bor. Biroq agar men undan qochib qutula olsam, men buni qilaman. Ayniqsa, o'yindan keyingi matbuot anjumanlaridan qutulishni istayman", – dedi Luis Enrike.
Eslatib o'tamiz, PSJ bugun Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar