So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  1 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  12 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

Londonliklar finali (prevyu) Yangiliklar

Londonliklar finali (prevyu)

Evropada futbol mavsumi yakuniga etmoqda.

Evrokuboklarning ikkita finalidan so'ng katta tanaffus boshlanadi. CHempionlar ligasidan avval "CHelsi" va "Arsenal" birinchi finalni o'tkazib beradi. Londonning ikkin jamoasi Evropa ligasi sovrini uchun Bokuda kurashishadi.


Finalgacha bo'lgan yo'l

"CHelsi" va "Arsenal" Evropa ligasini guruh bosqichidan boshlashdi. Bu bosqichda London jamoalari qiyinchilikka uchrashmadi va 16 ochkodan to'plashga muvaffaq bo'lishdi. "CHelsi" guruhda BATE, "Vidi" (Vengriya) va PAOKdan ustun kelgan bo'lsa, "Arsenal" "Sporting" (Portugaliya), "Vorskla" (Ukraina) va "Karabax"ni (Ozarbayjon) taslim etdi.

Pley-offda "CHelsi" kuchliroq ko'rindi. Mauricio Sarri yigitlari birorta bahsda mag'lub bo'lmadi. "Ko'klar" "ekonom rejim"da "Malmyo" (5:1), Kievning "Dinamo"si (8:0) va CHexiyaning "Slaviya" (5:3) klubini taslim qildi. Faqat "Ayntraxt"ga qarshi bahs dramatik ko'rinish oldi. Har ikkala bahsda 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida ingliz jamoasi futbolchilari sovuqqonroq va aniqroq bo'lishdi.

"Arsenal" pley-offning ilk bosqichlaridanoq o'z muxlislarini asabiylashishga majbur qildi. Londonliklar BATE va "Renn"ga qarshi ilk bahslarda mag'lub bo'lishdi, ammo "Emireyts"da farqni yo'qqa chiqarib, zafar quchishdi. Qolgan hammasi tinch o'tdi. "Arsenal" chorak finalda "Napoli"ni mag'lub (3:0) etdi, yarim finalda esa "Valensiya" tor-mor etildi (7:3).


Qiziqarli malumotlar

- "CHelsi" Evropa ligasi pley-off bosqichining 8ta uchrashuvida mag'lub bo'lmadi (6ta g'alaba va 2ta durang)

- Bu final bir nechta ko'rsatkichlar bo'yicha birinchisi bo'ladi: Bu Ozarbayjonda o'tkazilayotgan evrokubokning birinchi finali, birinchi marta bitta shaharning ikki klubi finalda to'qnash kelmoqda va ilk marta Evropa ligasi finalida ikki ingliz klubi o'ynayapti

- Joriy mavsum davomida jamoa o'zaro 2ta bahs o'tkazishdi va har ikkisida mezbonlar g'alaba qozondi. Avvaliga "CHelsi" 18 avgust kuni "Arsenal"ni 3:2 hisobida taslim etdi, keyin to'pchilar 19 yanvarda raqibidan ustun keldi (2:0)

- "Arsenal" mavsumni yaxshi o'tkaza olmadi, "to'pchilar" Angliyaning kubok turnirlarini ancha erta tark etishdi. APL bo'yicha to'xtaladigan bo'lsak, Unai Emeri jamoasi mavsumni 70 ochko bilan 5-o'rinda tugatdi va kelasi mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatidan quruq qoldi. Evropa ligasidagi g'alaba - londonliklar uchun eng nufuzli turnirda qatnashishning yagona yo'li

- Evropa ligasi finali Petr CHexning sobiq va kelajakdagi klublari bahsi bo'ladi. "Arsenal"ning afsonaviy posboni Bokudagi bahs bilan faoliyatini yakunlaydi va sport direktoriga aylanadi. Siz qaysi klubda deb o'yladingiz, albatta "CHelsi"da.


Taxminiy tarkiblar

"CHelsi": Arrisabalaga, Emerson, Luis, Kristensen, Aspilikueta, Barkli, Jorjino, Kovachich, Azar, Jiru, Pedro.

"Arsenal": CHex, Monreal, Koselni, Papastatopulos, Kolashinac, Torreyra, Jaka, Meytlend-Naylz, O'zil, Lyakazett, Obameyyang.



Murabbiylar fikrlari

Mauricio Sarri: "Odatda biz "Arsenal"ga qarshi bahsda ochiq o'yin ko'rsatamiz. Raqibda ikki nafar kuchli hujumchi bor - Lyakazett va Obameyyang. "Arsenal" yaxshi hujum qiladi, agressiv o'ynaydi va bosim amalga oshirishni yaxshi biladi. Ularga qarshi to'p tepish juda qiyin.

Finalda o'ynashimizdan maqsad CHempionlar ligasiga chiqish emas. CHLga chempionat orqali chiqib, birorta sovrin yutmoqchi edik. Final biz uchun muhim ahamiyatga ega. Menimcha, "CHelsi" joriy mavsum sovringa munosib o'yin ko'rsatdi.

Hozir kelajagim borasida emas, faqat Evropa ligasi finali haqida o'ylashim kerak. SHartnomam yakunlanishiga yana 2 yil bor, hech qaysi klub bilan bog'langanim yo'q. Finaldan so'ng klub rahbariyati bilan suhbat o'tkazishi kerak. Ular mendan mamnunmi yoki yo'q, shuni bilmoqchiman. O'n oylik ishdan so'ng bitta o'yinga qarab xulosa chiqarish noto'g'ri bo'ladi. Agar vaziyat shunday bo'lsa, men jamoani tark etaman. Bizda 2-3 oy qiyinchilik bo'ldi, ammo uchinchi o'rin juda yaxshi natija. Endi Evropa ligasi finali uchun Bokuga yo'l olishimiz kerak. Bizda mavsumni juda yaxshi yakunlash imkoniyati bor".


Unai Emeri: "Asosiy vazifamiz - sovrin yutish, CHempionlar ligasi yo'llanmasi ikkinchi o'rinda. Nimaga qodirligimizni ko'rsatmoqchimiz. "CHelsi" 2013 yilda bu sovrinni CHempionlar ligasiga chiqish imkoniyatisiz qo'lga kiritgan edi. Ertaga butun dunyo bo'ylab ko'plab insonlar bu jamoalarga muxlislik qilishadi.

Har bir murabbiyning qiyin hayot yo'li mavjud. Sarrini juda hurmat qilaman. U ajoyib murabbiy. "CHelsi"ning har qanday o'yinini tomosha qilsangiz, murabbiyning ishini ko'rasiz. Sarrining o'z uslubi bor. Murabbiy bu uslubni "Napoli"da yaratgan. Joriy yil "CHelsi" Sarri qo'l ostida mavsumni 3-o'rinda yakunladi, hozir esa Evropa ligasi finalida. Ularda hammasi yaxshi: Murabbiy, jamoa, mavsum, o'yin uslubi. Men Sarrining "Napoli"sini ko'rib o'rganganman, endi esa "CHelsi"ni kuzatyapman.

Eden Azar - uchrashuv natijasini hal qilib qo'yishi mumkin bo'lgan futbolchi. Bunga yo'l qo'ymasligimiz lozim. U tufayli "CHelsi" g'alabaga qodir. Bunday qobiliyatni faqat Messi, Ronaldu, Neymar va Muhammad Salohda ko'rganman. Men uchun Azar dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan biri".

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика