So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  31 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  11 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

“Lokomotiv” uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

“Lokomotiv” uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Kecha saytimiz orqali Server Jeparov va Kaxi Maxaradze "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik. Klub bu xabarni tasdiqladi.

Yangi boshlanadigan mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun o'z tarkibini uch nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirib oldi. O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Server Jeparov, oliy ligadagi eng kuchli legionerlardan biri Kaxi Maxaradze hamda “Mashal” safida yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgan iqtidorli himoyachi SHerzod Fayziev bugun “temiryo'lchilar” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekishdi.

Bu futbolchilarni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. Xususan, Server Jeparov mana bir necha yildirki yuqori saviyada o'yin namoyish etib kelmoqda. Qolaversa, u milliy terma jamoamizning almashtirib bo'lmas o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

Kaxi Maxaradzega keladigan bo'lsak, gruziyalik legioner O'zbekistondagi faoliyatini ilk bor aynan “Lokomotiv”da boshlagan bo'lib, u 2009-2010 yilgi mavsumlarni jamoamiz safida o'tkazgan. SHundan so'ng futbolchi “Paxtakor” tarkibiga borib qo'shildi va keyingi yillarni poytaxtning boshqa bir jamoasida o'tkazdi. Maxaradze o'z vaqtida “temiryo'lchilar” tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgandi.

“Mashal” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan biri SHerzod Fayziev ham bundan buyon “temiryo'lchilar” azosi hisoblanadi. U ham bir yillik shartnomaga imzo chekdi. 2009 yildan beri shu vaqtga qadar “Mashal” tarkbida harakat qilib kelgan Fayziev 1992 yilda tug'ilgan bo'lib, bir vaqtning o'zida ham himoya markazi, ham qanot himoyasida harakat qila oladi. “Mashal”da sardorlik darajasiga ko'tarilgan bu futbolchidan ham umidimiz katta va o'ylaymizki, SHerzod Fayziev “Loko”da albatta o'zini ko'rsata oladi. Biz “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagan har uchala futbolchiga ham omad tilab qolamiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика