So’nggi yangiliklar

14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  6 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  8 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  33 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3

"Lokomotiv" - tramplin! Yangiliklar

"Lokomotiv" - tramplin!

"Lokomotiv" futbol klubi bu yil Superligada ikkinchi o'rin bilan cheklangan bo'lsa-da, hozircha ikkita transferni amalga oshirdi.

Avvaliga Temurxo'ja Abduxoliqov mavsumning ikkinchi yarmi boshlanganidan so'ng jamoani tark etib, BAAning "Xorfakkan" klubiga qo'shildi. CHempionat tugashi arafasida bosh murabbiy Samvel Babayan Xitoy birinchi ligasi vakili "CHanchun Yatay" bilan shartnoma imzoladi. 

Qizig'i shundaki, klublar odatda futbolchilarni chetga transfer qilish bilan mashg'ul bo'ladi. Lekin eslab qarasak, bizdan oxirgi paytda hech qaysi murabbiy xorijga ketmagan ekan. "Lokomotiv" bu borada ham birinchi bo'ldi deb bemalol aytsa bo'ladi. 

To'g'ri, bazi klublarda ishlab keyinchalik yana o'z Vatani yoki boshqa erga ishlash uchun ketgan xorijlik murabbiylar bo'lishi mumkin, masalan Viktor Kumikov. Ammo O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan murabbiyning chetga yo'l olishi anchadan beri umuman kuzatilmayotgandi. "Loko" esa bu borada dastlabki qadamni tashladi. 

"Lokomotiv" futbol klubi jamoa uchun xizmat qilgan murabbiy yoki futbolchi, yo boshqa soha vakili taqdiri uchun doim qayg'urib keladi. Bundan tashqari "Lokomotiv" jamoada yaxshi o'yin ko'rsatgan hech bir futbolchiga eshikni qattiq yopmaydi. 

Esingizda bo'lsa, 2017 yil boshida 2016 yilgi mavsum ajoyib o'tganidan keyin - "Loko" ham chempionatda zafar quchib, ham Kubokni qo'lga kiritib "Oltin dubl" qayd etgandi - hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov Qatarning "Al Sayliya" klubiga transfer qilingandi. 

Abduxoliqov Qatar chempionatida o'zini ko'rsata olgani, lekin SHoahmedovning yangi klubga to'liq moslashib ketmagani bu boshqa masala. Muhimi, bu futbolchilar "Loko"da o'ynab chetga yo'l olishdi. "Lokomotiv" futbolchi va murabbiylar bilan shartnoma tuzayotganda shunday band alohida keltirilgan bo'ladi: yani imzo chekuvchiga chetdan taklif tushsa garchi shartnomasi bo'lsa-da klub qo'yib yuborishga qarshilik qilmaydi. 

Sardor Rashidovning ham yil boshida Portugaliyaga borishida "Lokomotiv"da to'p tepgani sabab bo'ldi. Mohir yarim himoyachi "Loko"dagi, qolaversa Osiyo Kubogida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasidagi o'yini tufayli evropaliklar etiborini tortdi. Natijada Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Bundan tashqari darvozabon Ignatiy Nesterov ham "Lokomotiv"dagi ishonchli o'yini sabab Saudiya Arabistoni klubiga yo'l oldi. Bilasiz, darvozabonlarning chetga chiqishi kamdan kam hollarda ro'y beradi. Lekin bizdan kuchli bo'lgan Saudiya Arabistonidan taklif bo'lishi chindan ham etiborga molik voqea edi. SHu tariqa Nesterov "Ohod" bilan shartnoma tuzdi va yangi jamoasi safida o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. 

"Lokomotiv"ga oid eng yorqin transfer o'tgan yil kuzatildi. Klub o'z tarbiyalanuvchisi Ikrom Aliboevni Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga transfer qildi. Aytish mumkinki, Aliboev "Seul"ga erkin agent bo'lib emas, balki transfer orqali yo'l oldi. 

Bundan ko'rinib turibdiki, "Lokomotiv" chetga ketishni xohlovchi futbolchi hamda murabbiylar uchun o'ziga xos tramplin vazifasini bajarib beryapti. Klub ham sovrinlar uchun kurashyapti, ham xorijga ketishni xohlovchilar uchun eshik ochyapti.

Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика