So’nggi yangiliklar

21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   6 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  2 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  1

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiyada o'tgan xalqaro musobaqa g'olibi bo'lishdi Yangiliklar

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiyada o'tgan xalqaro musobaqa g'olibi bo'lishdi

Oldinroq xabar berganimizdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchilari 1-8 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shaxrida o'tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.

Bir haftda mobaynida davom etgan Side Star Cup-2018 musobaqasida 2010 hamda 2006 yillarda tavallud topgan yosh “temiryo'lchilar” juda muvaffaqiyatli tarzda qatnashishdi. 10ta davlatdan kelgan tengqurlari bilan o'tkazilgan bellashuvlar yakunlariga ko'ra, 2006 yilda tug'ilgan “Lokomotiv” futbolchilari o'z yosh toifasida musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.



Sunnat Ro'ziev boshchiligidagi 2006 yilda tug'ilgan "yosh temiryo'lchilar" 7 ta uchrashuvda maksimal - 21 ochkoni qo'lga kiritib musobaqaning eng yaxshi jamoasi deb topildi va CHempionlik kubogi boshlari uzra ko'tarishdi.

Ushbu yoshda 2-o'rin Gruziyaning “Adjariya” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etgan bo'lsa, 3-pog'onadan Suriyaning “Alosman” jamoasi yosh futbolcholari o'rin olishdi.


2010 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida esa 1-o'rinni Ashxobodning “Oltin Toj” jamoasi o'yinchilari egallashdi. Toshkentlik yosh futbolchilar 2-o'rinni olishgan bo'lsa, Rossiyaning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari 3-pog'onadan joy olishdi.


2010 yilda tug'ilgan bolalar ichida futbolchilarimiz xam yuqori etirof etildi. Abdulazizov Asadbek "Eng yaxshi himoyachi, SHukurov Abdulaziz "Eng yaxshi yarimhimoyachi" deb topildi


Qurbonov Ulug'bek - "Eng yaxshi xujumchi" deya etirof etildi

SHuningdek o'zidan bir yosh kattalar bilan to'p surgan 2011 yilda tug'ilgan Axmadov Kamoliddin "Musobaqa kashfiyoti" deb topildi

Takidlash joiz,  mazkur musobaqada Rossiya,  Turkiya,  Ozarbayjon,  Germaniya,  Ruminiya,  Qozog'iston,  Gruziya,  Turkmaniston,  Suriya va O'zbekistondan jamoalar ishtirok etishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика