So’nggi yangiliklar

14:50"Кристал Пэлас" "Бетис" футболчисига қизиқмоқда  0 14:19"Барселона" ёш иқтидорли ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  0 13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  0 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  1 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  4 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:36Ўзбекистон футзалининг энг яхшиларини тақдирлаш маросимига таклиф этамиз  0 12:24Баркли "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 11:59"Манчестер Юнайтед" Санчони 50 миллионга сотмоқчи  2 11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  2 10:39Аббосбек Файзуллаев жорий мавсум ушбу натижага эришган энг ёш футболчига айланди  16 10:02Яна бир «юлдуз» Саудия Арабистонидан кетмоқчи  3 09:31Муҳаммад Салоҳ «Ливерпуль»ни тарк этган Клоппга мурожаат қилди  3 09:00Футзал. Бугун Россияга қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушамиз  1 08:36Ўзимизнинг карикатура. Самвел Бабаян 53 ёшда  13

"Lokomotiv" - o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi sohibi Yangiliklar

"Lokomotiv" - o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi sohibi

O'zbekiston kubogi finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston kubogi-2014. Final
12 noyabr (chorshanba). Olmaliq. "OKMK" stadioni
Bunyodkor (Toshkent) - Lokomotiv (Toshkent) 0:1
Hakamlar:
Kim Dong Jin, Eng Xae Sang, Yang Ben Yun (barchasi - Janubiy Koreya), SHerzod Qosimov (Toshkent)
Nazoratchi:
A. Abdullaev (Toshkent).

Gol:
Jasur Hasanov (106)

"Bunyodkor":
Akbar To'raev, Xayrulla Karimov, Akmal SHorahmedov (Akrom Komilov, 46), Anvar G'ofurov, Minori Sato, Ivan Miloshevich, Vohid SHodiev (Zabihillo O'rinboev, 73), Samir Bekrich, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 102).

"Lokomotiv":
Ignatiy Nesterov, Bobur Yo'ldoshev, Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov, 59), Salim Mustafoev, Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov (Ibrohim Raximov, 73), Aleksandr Geynrix, Dilshod Rahmatullaev, Alisher SHog'ulomov, Lutfulla To'raev.

Ogohlantirishlar:
Fozil Musaev (56), Javlon Ibrohimov (88)


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                           YANGILASH


120. O'YIN TUGADI!

118. Jasur Hasanov qizil kartochka olib maydonni tark etdi

109`
Sardor Rashidovning kuchli zarbasi!!!!!!!!!!!! Ignatiy Nestrov qiyinchilik bilan, ikkinchi urinishdagina to'pni ushlab oldi.


109`
Sardor Rashidov uchun imkoniyat! Jarima zarbasi!


108`
Hozirgina maydonga tushgan Marat Bikmaev boshlagan hujumni Jasur Hasanov samarali yakunladi, o'yinda hisob ochildi.



106` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JASUR HASANOV!!!!!!!!!!!!!


106` "Lokomotiv" safida o'zgarish. Alisher SHog'ulomov o'rniga Marat Bikmaev tushirildi.


106` To'rtinchi qo'shimcha taym boshlandi!


105` Birinchi qo'shimcha bo'lim tugadi! Jamoalar darvozalarini almashib olishadi va to'rtinchi qo'shimcha taymga start beriladi.


105` Akbar To'raev!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Islom To'xtaxo'jaevning zarbasi juda xavfli chiqdi! Akbar To'raev bu vaziyatda ishonchli o'ynadi!


105`
Aleksandr Geynrixning yiqilishi jarima zarbasi belgilanishi bilan yakun topdi. Yana bir marotaba standart vaziyati. To'p oldida Islom To'xtaxo'jaev...


104` Jasur Hasanov!!!!!!!!!!!!!!! Jasurning jarimadan yo'llagan zarbasini To'raev bartaraf etdi. Qaytgan to'pga zarba bergan Geynrix himoyachini nionga oldi. Yuz foizlik imkoniyat golsiz yakunlanmoqda...


103`
"Lokomotiv" jamoasi xavfli nuqtadan jarima zarbasini tepadi.


102`
Oleg Zoteev o'z joyini Dostonbek Hamdamovga bo'shatib berdi.


101`
"Bunyodkor" safida yaqin daqiqa ichida o'zgarish bo'ladi. Maydonga tushishga Dostonbek Hamdamov tayyorgarlik ko'rmoqda...


99` "Lokomotiv"!!!!!! Xavfli vaziyat!!!!!! Sasha!!!! Sasha, shu paytda ham odam sipanib ketadimi???? Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Geynrix jamoasi uchun samarali tarzda yakunlashi mumkin edi. Ammo Sasha yiqilib tushdi va to'pga zarba bera olmadi...


98`
Futbolchilar qo'shimcha taymlarda ancha asabiylar...


97`
"Lokomotiv" burchak to'p tepishi kerak. Ammo jarima maydonchasi ichida "ring qirollari"dan dars o'tilmoqda...


96`
Ha aytgancha, "Lokomotiv" o'zbekistonlik bo'lmagan hakamlar boshqargan o'yinda biror marta ham g'alaba qozona olmagan. Bu ham bir qiziqarli statistika...


94`
Har ikkala jamoaning himoya chizig'i bugun ancha baquvvat ko'rinmoqda. Lekin hujum chizig'i biroz bo'shroqdek tassavvur uyg'otmoqda...


93`
Futbolchilar ancha charchab qolishgan, asablar ham joyida emas... O'rtada esa O'zbekiston kubogi va OCHLga beriladigan to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma turibdi...


92`
Aleksandr Geynrix va Xayrulla Karimov o'zaro orani ochiq qilishga kirishib ketishdi.


91` Qo'shimcha bo'limning dastlabkisiga start berildi...


- Endi navbat qo'shimcha taymlarga! Qisqa tanaffusdan so'ng qo'shimcha taymlarga start beriladi.


- Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi!


90`
Sardor Rashidovning tepgan to'pi kuchsiz chiqdi. Nesterov o'z o'rnida.


90`
Jasur Hasanov o'z jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisiga nisbatana qoidani buzdi. "Bunyodkor" jarima zarbasini amalga oshiradi.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


88`
Qo'shimcha taymar ko'radiganda o'xshaymiz...


87`
Islom To'xtaxo'jaev Sato Minorini ochiqchasiga to'xtatib qoldi. Hakam xushtak chaldi, ammo futbolchini ogohlantirmadi. Bundan esa Javlon Ibrohimov norozi bo'ldi. Koreyalik Kim Dong Jin esa etirozlari uchun Javlonning o'ziga sariq kartochka ko'rsatdi. Tushunarsiz qaror... Islom To'xtaxo'jaevning qoida buzishi ogohlantirishga loyiq edi...


86`
Oleg Zoteevning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini O'rinboev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Lekin Nesterov bu vaziyatda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi.


85`
"Temiryo'lchilar" ancha toliqib qolishgani ko'rinib qolmoqda...


84`
"Lokomotiv"ning barcha futbolchilari o'z jarima maydonchalari ichida joylashib olishgan.


82`
"Bunyodkor" uchrashuv yakuniga oz qolayotganda katta kuch bilan oldinga borishga urinib ko'rmoqda. "Loko" endi himoyalanish bilan band.


80`
O'yin tugashiga tobora oz vaqt qolmoqda. Jamoalar g'olib nomini qo'shimcha taymlarda aniqlashga qarshi emaslar chog'i.


79`
Bobur Yo'ldoshev Ignatiy Nesterov bilan yakkama-yakka ketishga hozirlik ko'rgan Sardor Rashidovni zararsizlantira oldi.


78`
Jasur Hasanov yana bir bor imkoniyatga ega bo'lgandi. Jarima maydonchasi ichidan tepilgan to'p mo'ljalga aniq bormadi.


77`
"Lokomotiv"ning son-sanoqsiz standart vaziyatlari jamoaga foyda keltirmayapti. Bu safar jarima zarbasini tepishdi. Jasur Hasanovning bu urinishi ham besamar ketdi.


76`
Aleksandr Geynrixning jarima maydonchasi tomon etkazib bergan to'pini hech kim darvozaga to'g'irlab qo'ya olmadi. 


75`
Anvar G'ofurov boshi bilan to'pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana burchak zarbasi.


75`
"Lokomotiv" o'zining navbatdagi burchak to'pini tepadi.


74`
"Lokomotiv" safida majburiy o'zgarish bo'lib o'tdi. Jarohat olgan SHavkat Mullajonov o'z o'rnini Ibrohim Raximovga bo'shatib berdi.


73`
"Bunyodkor" tarkibida o'zgarish kuzatildi. Vohid SHodiev o'rniga Zabihillo O'rinboev tushirildi.


71`
Xavfli vaziyat!!!! Oleg Zoteev qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi!!!


70`
Jasur Hasanovning tepgan to'pini Akbar To'raev ushlab oldi.


69`
Barakalla, SHavkat! SHavkat Mullajonov birin-ketin raqib futbolchilarini aldab o'tdi va to'pni Sashaga uzatdi. Aleksandr Geynrix esa maydonda qanday yiqilishni juda yaxshi biladi. "Lokomotiv" jamoasi jarima zarbasi ishlab oldi. SHavkat Mullajonov ham biroz noqulay yiqilgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.



68`
Bobur Yo'ldoshev maydonda sirpanib ketdi va o'zi tomonga uzatib berilgan to'pni qabul qila olmadi.


67`
Jasur Hasanovning maydonga tushirilishi bugungi o'yindagi nominal mehmonlarning o'yiniga biroz tezlik olib kira oldi.


66`
Sardor Rashidov bir o'zi raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rdi. Biroq bu reja amalga oshmadi. "Loko" himoyachilari undan to'pni olib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi.


65`
To'p bilan ko'proq "Lokomotiv" azolari muomalada bo'lishmoqda.


63`
Oleg Zoteev Bobur Yo'ldshevdan to'pni olib qo'ydi va jamoasi hujumini boshlamoqchi bo'ldi. Ammo Oleg to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.


61`
Jasur Hasanov maydonga tushishi bilanoq jamoasi foydasiga burchak to'pi ishladi. Burchak zarbasidan so'ng jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat kuzatildi. Lekin Akbar To'raev yuzaga kelgan xavfni bartaraf etdi.


60`
"Lokomotiv" safida o'zgarish. Jasur Hasanov Sadriddin Abdullaevning o'rnida maydonga tushdi.


59`
Sardor Rashidovning uzoqdan tepgan zarbasi darvozaga to'g'ri bormadi...


58`
O'yin darajasini yuqori notada deya olmaymiz...


57`
Fozil Musaev hakam tomonidan ogohlantirildi.


56`
Sardor Rashidovning darvoza tomon tepgan to'pi ancha balandga ketdi.


55`
"Bunyodkor" jamoasi uchun imkoniyat. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. To'p oldida Sardor Rashidov!


54`
"Loko"ning navbatdagi hujumi samarasiz tugadi. Akbar To'raev bu vaziyatda chaqqonlik qildi va to'pni birinchi bo'lib egallab oldi.


52`
"Bunyodkor" birinchi bo'limda bo'lgani kabi hozircha asosiy etiborini himoyaga qaratmoqda.


50`
Xavfli hujum! Dilshod Rahmatullaevning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'pidan To'raev qiyinchilik bilan bartaraf etib yubordi. Hujumning ikkinchi qismini Sasha davom ettirdi. Ammo Geynrixning yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.



49`
Bobur Yo'ldoshev kutilmaganda hujumga o'tib ketdi. Lekin so'nggi pallada "qaldirg'ochlar" himoyasi ishonchli harakat qildi.



48`
Ikkinchi taymda jamoalar nimalar ko'rsatishar ekan? Bu qiziq bo'ladi. Uchrashuvni diqqat bilan kuzatamiz...


47`
"Bunyodkor" safida futbolchi almashtirildi. Akmal SHorahmedov o'z o'rnini Akrom Komilovga bo'shatib berdi.


46`
Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Kim Dong Jin birinchi bo'lim tugaganligi haqidagi xushtagini chaldi. TANAFFUS!


44`
Birinchi bo'lim "Loko" jamoasi ustunligi ostida o'tdi.


42`
Co'nggi 15 daqiqa ancha sokinlik bilan o'tmoqda. Jamoalar himoyani asosiy o'ringa qo'ygan holda o'ynashmoqda. Eng muhimi gol o'tkazib yubormaslik degan shior ostida harakat qilishmoqda...


40`
Maydon markazi oldida "Lokomotiv" futbolchisi o'yin qoidasini buzdi.


38`
"Bunyodkor" futbolchilari ushbu o'yindagi birinchi burchak to'pini tepishdi. Lekin bundan ham naf chiqmadi. 


37`
"Lokomotiv" son-sanoqsiz hujumlari samara keltirmayapti. "Qaldirg'ochlar" o'z jarima maydonchalari oldida juda tartibli ravishda himoyalanishmoqda.


35`
Sardor Rashidov maydonda harakat qilayotganini eslatib qo'ydi. Hozir Sardor jarima maydonchasi ichidan Nesterov darvozasi tomon zarba berdi. Ignatiy Nesterov uchun biroz noqulay kelgan ushbu xavfni "temiryo'lchilar" posboni ikkinchi urinishda bartaraf etdi.


34`
Lutfulla To'raev va Islom To'xtaxo'jaev maydon markazi oldida bir necha bor to'pni bir-birlariga uzatib o'tirishdi. "Bunyodkor" birinchi bo'limda unchalik shoshilmayapti. Balki Lushanning ikkinchi bo'limda o'ylab qo'ygan rejasi bormikin? Ko'ramiz...


33`
Ignatiy Nesterov darvozasi oldida deyarli xavfli vaziyatlar sodir etilmayapti. Uchrashuv debyutidagi jarima zarbasini hisobga olmagandi.


31`
"Loko" futbolchilari bugun standart vaziyatlarini bir necha bor amalga oshirishdi. Lekin bulardan samarali tarzda foydalanishda oqsashmoqda. Hozirgi burchak to'pini o'yinga kiritishda Lutfulla To'raev va Aleksandr Geynrix xatoga yo'l qo'yishdi.


30`
Bu standart vaziyati ham naf keltirmadi. "Bunyodkor" esa qarshi hujumda harakat qildi. Lekin Sardor Rashidov hujumni samarali yakunlay olmadi. O'tkir burchakdan turib darvoza tomon tepilgan to'pni Ignatiy Nesterov egallab oldi.


29`
"Lokomotiv" burchak zarbasi ishlab oldi.


28`
Sardor Rashidov qani deysizmi? Hozir ushbu futbolchi o'ng qanotdan oldinga yurish qilayotgandi. Lekin Lutfulla To'raev sobiq jamoadoshidan to'pni olib qo'ydi va tezda oddiy vaziyatda to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.


27`
"Bunyodkor" hozircha kutilganidek faol emas. Ular asosan ikkinchi raqam bilan harakat qilishmoqda. Hozircha katta ustunlik Vadim Abramov jamoasi tomonida.


26`
Sadriddin Abdullaev endi darvozaga zarba bermoqchi bo'lgan payta raqib futbolchisi to'pni undan olib qo'ydi.


25`
Xavfli vaziyat!!!! Sasha! Qani Sasha? Aleksandr Geynrix to'p zarba berishda kech qoldi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi...


23`
Sergey Lushan o'yinni tik turgancha diqqat bilan tomosha qilmoqda. Vadim Abramov esa o'zini ancha erkin tutmoqda va bazida futbolchilarga o'zi to'plarni olib berib turibdi.


22`
Sadriddin Abdullaev maydon markazi oldida raqibi Ivan Miloshevichga qarshi juda qo'pol o'ynadi.


20`
Aleksandr Geynrixning navbatdagi urinishi ham samara keltirmadi. 


18` "Lokomotiv" uchrashuvda hisobni ochishi mumkin edi. Eng xavfli vaziyatni ham hozircha "temiryo'lchilar" tashkil etishgan edi. Alisher SHog'ulomovning noaniq harakati evaziga tablodagi hisob o'zgarmay qolgandi. Hozir ham Alisher SHog'ulomoqda hisobni ochishga imkoniyat paydo bo'lgandi. Xayrulla Karimov Akbar To'raev bilan juda qaltis o'yin qildi va bundan SHog'ulomov foydalanib qolishi mumkin edi. Lekin To'raev bu vaziyatda Manuel Noyer kabi o'zini yo'qotib qo'ymadi.


17`
O'yin shiddati tobora o'sib bormoqda. Xayrulla Karimov hozir juda chiroyli tarzda to'pni raqibidan olib qo'ydi. Alisher SHog'ulomov bu vaziyatda chorasiz qoldi.


16`
"Bunyodkor" ham oldinga intildi. Bu safar Vohid SHodiev raqib himoyachisi SHavkat Mullajonovdan o'tib keta olmadi.


15`
Burchakdan etkazib berilgan to'pga Dilshod Rahmatulaev zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin tepilgan to'p darvozaga aniq bormadi.


14`
Aleksandr Geynrixning jarimadan yo'llagan zarbasi yo'liga Vohid SHodiev to'g'anoq bo'ldi. Burchak to'pi.


13`
"Lokomotiv"ning hujumlari davom etmoqda! Yana bir xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.


11` XAVFLI VAZIYAT!!!!
"Lokomotiv"ning hujumi! Sadriddin Abdullaev ancha faol! Aynan shu futbolchining tashabbusi bilan tashkil etilgan zargarona hujumini Alisher SHog'ulomov gol bilan yakunlay olmadi. Alisher Akbar To'raev bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Lekin SHog'ulomov to'pga kutilganidek zarba bera olmadi. Bu vaziyatda Akbar To'raev ortiqcha qiyinchiliksiz to'pga ushlab oldi. Bu erda "Bunyodkor" himoyachilari laynsmenga ishonib juda katta yo'l qo'yishgan edi. Alisher SHog'ulomov ajoyib imkoniyatni ko'kka sovurdi.


10`
Aleksandr Geynrix raqib jarima maydonchasi atrofidan jamoasi uchun standart vaziyati ishlab oldi.


8`
"Lokomotiv"ning navbatdagi hujumi zarba bilan yakunlandi. Bu safar Sadriddin Abdullaevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Dilshod Rahmatulaev o'zining aniq zarbasi bilan unumli yakunlamoqchi bo'ldi. Lekin zarba mo'ljalga aniq bormadi.


7`
"Lokomotiv"ning hujumi yakuniga etmay qoldi. Bu vaziyatda "qaldirg'ochlar" himoyasi ishonchli o'ynadi.


6`
Jamoalar ancha ehtiyotkorlik bilan to'p tepishmoqda. Hozircha har ikkala jamoa katta kuch bilan oldinga intilmayapti. Asosan bir-birlarini xatolarini kutib harakat qilishmoqda.


5`
To'p oldiga yaqinlashgan Aleksandr Geynrixning tepgan zarbasi noaniq chiqdi.


4`
"Lokomotiv"ning javobi! Endi "temiryo'lchilar" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Xavfli nuqta!


3`
Jarima zarbasini G'ofurov juda chiroyli tarzda amalga oshirdi. Lekin Ignatiy Nesterov bu vaziyatda jamoasini tezkor goldan saqlab qoldi. Yaxshi start!


2`
"Bunyodkor" hujum bilan o'yinni boshladi. Raqib jarima maydonchasi oldidan jarima zarbasi belgilandi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!!!!!
Kubok sari har ikkala jamoa futbolchilari dastlabki qadamni tashlashdi...

- Finalni Janubiy Koreyalik Kim DongJin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi...


- Bizni juda qiziqarli bo'ladigan katta final bellashuvi kutib turibdi.


- Jamoalar maydonga saf tortishdi. O'zbekiston Respublikasi mamlakat madhiyasi yangramoqda...


- Bugungi o'yinda O'zbekiston Kubogi - 2014 sohibi nomi aniqlanadi. G'olib nomi 90 daqiqa yoki undanda ko'proq vaqt ichida aniqlanadi.


-  Jamoalar PFL madhiyalari sadosi ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Stadionda 4 mingga yaqin futbol ishqibozlari kelishgan va yana tashrif buyurishmoqda.


- "Olmaliq" futbol klubi o'z stadionini finalga tayyor holga keltirgan. Maydon maysasi ham joyida.


- Hozircha stadionga juda kam sonli ishqibozlar tashrif buyurishgan. O'yin boshlanishiga esa sal kam bir soat vaqt qolmoqda.


- Toshkentdan "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari fan-klublari ham kelishgan.


- Har ikkila jamoalar stadionga tashrif buyurishgan va birozdan so'ng o'yin oldi chigalyozdi mashg'ulotlarni boshlashadi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston Kubogi finali uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Olmaliq shahri o'zbekistonlik futbol muxlislari bilib to'lib toshmoqda. SHuningdek, poytaxtdan bir qator jurnalistlar ham Olmaliqa tashrif buyurishgan. "OKMK" stadionidan o'z reportajimizni boshlaymiz! 


- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика