So’nggi yangiliklar

02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  32 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  29 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  14 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1

"Lokomotiv": O'tgan hafta yakunlari (11-17 may) Yangiliklar

"Lokomotiv": O'tgan hafta yakunlari (11-17 may)

O'tgan bir hafta (11-17 may) davomida "Lokomotiv" futbol klubiga oid ro'y bergan yangiliklarni keltirib o'tamiz.

OLIY LIGA

Asosiy tarkib jamoamiz oliy liganing 9-tur uchrashuvini o'tkazdi. Safarda "Olmaliq" bilan kechgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Agar o'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Lutfulla To'raev gol urmaganida mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi.

Uchrashuv sariq kartochkalarga boy tarzda kechdi. Bosh hakam Viktor Serazetdinov jami 11ta sariq kartochka ko'rsatdi. SHundan 7tasi maydon egalariga, to'rttasi "Loko" futbolchilariga. "Olmaliq" darvozasiga kiritilgan to'plarga Sanjar SHoahmedov va Lutfulla To'raev mualliflik qildi.

Ayni paytda "Lokomotiv" 18 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoamiz keyingi turni o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.

YOSHLAR LIGASI

O'rinbosarlar tarkibimiz 13 may kuni "Olmaliq" yoshlariga qarshi bahs olib borishdi. Bu o'yinda yosh "temiryo'lchilar" 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Aytish mumkinki, o'rinbosarlarimiz o'zlaridan kutilgan futbolni namoyish qila olishmadi. "Olmaliq" esa o'z imkoniyatlaridan foydalanib yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi. "Lokomotiv" o'rinbosarlari turnir jadvalida 11 ochko bilan 10-o'rinda boryapti.

IKKINCHI LIGA (1997)

Ikkinchi ligada ishtirok etayotgan "Lokomotiv-1997" 11 va 14 may kunlari ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. Marsel Idiatulin shogirdlari avvaliga "CHilonzor" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lishsa, keyingi turda "Beruniy"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Eslatib o'tamiz, "Loko-98" "V" guruhida ishtirok etmoqda.

IKKINCHI LIGA (1998)

Ikkinchi liganing "D" guruhi o'yinlarida qatnashayotgan "Lokomotiv-1998" esa 12 may kuni safarda "Olimpik"ka qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Yuriy Vintovkin jamoasi 15 may kuni SDYUSHORga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa keyingi tur uchrashuvini ertaga "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.

BOLALAR CHEMPIONATI

"Lokomotiv" futbol maktabining 1999, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005 yillarda tug'ilgan futbolchilari kecha, 17 may kuni Toshkent shahar bolalar chempionatida 6-tur bahslarini o'tkazishi lozim edi. Bu turda tarbiyalanuvchilarimiz BO'SM-37ga qarshi to'p tepishlari kerak edi. Biroq maydon holati qoniqarli bo'lmagani uchun o'yinlar boshqa kunga qoldirildi.

AYOLLAR FUTBOLI

Vohid Xolboev boshqarayotgan "Lokomotiv-W" 16 may kuni O'zbekiston chempionatining 2-tur bahsini o'tkazdi. "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda qizlarimiz "Sevinch"ni qabul qilishdi va 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. Endi "Lokomotiv-W" o'zining navbatdagi uchrashuvini ertaga, 19 may kuni yana o'z maydonida o'tkazadi. Bu safar Muborakning "Mashal-W" jamoasiga qarshi maydonga tushamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика