So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  1 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  19 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  21 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

"Lokomotiv" futbolchilarining oliy liga-2017dagi ko'rsatkichlari Yangiliklar

"Lokomotiv" futbolchilarining oliy liga-2017dagi ko'rsatkichlari

Oliy Liganing 2017 yilgi mavsumi "Lokomotiv" jamoasi tarixidan zarxal harflar bilan o'rin oladigan bo'ldi.

Zero "temiryo'lchilar" jamoasi ushbu mavsumda o'z tarixida ikkinchi marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.

Qayd etish joizki, "Lokomotiv" Oliy Liga-2017ni juda ko'tarinki ruhda boshladi. Mavsum davomida o'z chempionlik unvonini saqlab qolishga harakat qilgan "Loko" yakunda bu ishni munosib tarzda uddalay oldi.

"Temiryo'lchilar" jamoasi 30ta uchrashuv o'tkazib, 22ta g'alaba, 4ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa 70 ochko jamg'argan holda Oliy Ligada 1-o'rinni egalladi. "Lokomotiv" futbolchilari 67 marta raqiblari darvozalarini ishg'ol etishdi, shu gollardan bittasi avtogol sifatida qayd etildi. O'z darvozamizdan esa 20ta gol o'tkazib yubordik.

Takidlash joizki, "Lokomotiv" darvozabonlari Oliy Liga-2017da 4 marta darvozamiz tomon belgilangan penaltini qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.

"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev 26ta gol bilan chempionat to'purarligini ham qo'lga kiritdi.

Jamoa safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Sardor Mirzaev bo'ldi, Tajribali yarim himoyachi Oliy Liga-2017ning barcha turida maydonga tushdi. Kaxi Maxaradze esa faqatgina bitta o'yinda maydonga tushmadi xolos. Gruzin himoyachisi 29ta o'yinda bevosita ishtirok etdi. Jaloliddin Masharipov esa Oliy Ligada 27ta uchrashuv o'tkazdi.

"Lokomotiv" futbolchilariga mavsum davomida hakamlar jami 46 marta sariq kartochka ko'rsatishdi. Quvonarli jihati shundaki, hech bir futbolchimiz maydondan chetlatilgani yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика