So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  7 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  6 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  4 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  34 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  308 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5

“Lokomotiv” Dubayda. Birinchi kun. JA Jebel Ali Beach Hotel Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. Birinchi kun. JA Jebel Ali Beach Hotel

Teglar :  Lokomotiv
Yangi yilning uchinchi kunidan mashg'ulotlarga kirishgan “Lokomotiv” 9 yanvar kuni BAAning Dubay shahriga – birinchi xorijiy yig'inni o'tkazish uchun jo'nab ketdi.
Xabaringiz bor, Toshkent vaqti Dubaynikidan roppa-rosa 1 soat oldinda yuradi.

Dubai_-_International_(DXB_-_OMDB)_AN2079514

“Lokomotiv” delegaciyasi aeraportdan “JA Jebel Ali Beach Hotel” mehmonxonasiga yo'l oldi. Fors Ko'rfazining Dubay qirg'oqlarini yuvib turadigan sohil qismida joylashgan shinam otel yig'in davomida futbolchilarga boshpana vazifasini o'tab beradi.

1

Klub natijalari uchun javobgarlik vazifasi topshirilgan mutaxassis Mirko Yelichich kunning ikkinchi qismida Dubaydagi dastlabki mashg'ulotni boshlab yubordi. Mehmonxonaning orqa qismida joylashgan qumli maydonda o'tgan mashg'ulot jarayonida barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Ularning kayfiyati alo darajada.

photo_2016-01-08_15-43-43

“Lokomotiv” 23 yanvarga qadar 3 ta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Birinchi sinov-nazorat uchrashuvi Saudiya Arabistoni vakili “Al-Ahli”ga qarshi bo'lib o'tadi. Milliy chempionatning 13-turidan keyin 33 ochko bilan ligada karvonboshilik qilayotgan “Al-Ahli” Osiyo chempionlar ligasining “D” guruhida Qarshining “Nasaf” klubiga raqiblik qilishini yaxshi bilasiz.

1610558_FULL-LND

Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi yanvarning 19-kuniga tayin qilindi. Bu safar “temiryo'lchilar” Xitoy chempionatini 5-o'rinda yakunlagan “Xenan Jiane”ga raqib bo'ladilar. Tarkibida Janubiy Koreya, Portugaliya, Braziliya kabi mamlakatlardan legionerlari bor jamoada O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'lajak raqibi Filippin safida to'p suradigan Xaver Patino ham bor.

8_151031183737_1

Va nihoyat uchinchi o'rtoqlik bellashuvida raqib - Janubiy Koreyaning “CHonbuk Xyunday” klubi. Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan jamoa Key-liganing so'nggi mavsum oltin medallariga sazovor bo'lgani bilan ajralib turadi.

0000060389_c

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика