So’nggi yangiliklar

11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  0 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  1 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  40 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  16 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  30 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  8 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  51 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1

Loko-Junior maktabi o'z faoliyatini boshladi Yangiliklar

Loko-Junior maktabi o'z faoliyatini boshladi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2016 yilning “Sog'lom ona – sog'lom bola” yili deb elon qilinishi “Lokomotiv” futbol klubi tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi.

“O'zbekiston Temir yo'llari” akcionerlik jamiyati hamda “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati kelajagimiz bo'lgan yoshlarni har tomonlama etuk, sog'lom bo'lib etishishlari uchun O'rta Osiyoda birinchi bo'lib 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun “Loko-Junior” maktabini ochish uchun tanlov elon qilgan edi.

Har jabhada birinchi bo'lishga, o'zbek futbolining xaqiqiy “lokomotivi – boshlovchisi” bo'lishga harakat qilayotgan “Lokomotiv” o'zbek futboli ixlosmandlariga ajoyib sovg'a tayyorladi.



1 maygacha belgilangan tanlovning dastlabki kunlaridanoq ota-onalar qiziqish bildirib o'z farzandlarini ushbu maktabga olib kelishdi. Tanlov yakunlagan bo'lsa-da, ota-onalar farzandlarini klubimizga olish kelishyapti. SHu sababli “Lokomotiv” PFK rahbariyati may oyi so'nggida yana bir marta tanlov elon qilishni rejalashtirmoqda.

O'zbek futbol muxlislariga malumki “temiryo'lchilar” Angliyaning “Flitfud Taun”, Eronning “Sepaxon” klublari bilan o'zaro hamkorlik memorandumini imzolagan. Ushbu memorandumga asosan murabbiylar o'zaro tajriba almashish, futbol darsliklarini ikki tomonga taqdim etishi belgilangan.



Hali maktabga ham chiqishga ulgarmagan yosh bolalar uchun xorijlik mutaxassislar ko'magida Gollandiya futbol maktablari sxemasi asosida mashg'ulotlar belgilandi.

“Lokomotiv” futbol maktabi 3 yoshdan boshlab bolalarni o'z maktabiga qabul qiladi. Bu bolalar barcha futbol sirlarini bizning “Loko-Junior” maktabida o'rganishadi va boshqa bolalarga qaraganda tezroq klubimiz asosiy tarkibiga qo'shilishadi.



Bugun “Loko-Junior” maktabi rasman o'z faoliyatini boshladi. Dastlabki mashg'ulotlar rasmiy tus oldi va barcha bolakaylar bugungi mashg'ulotda birgalikda ishtirok etdilar. Ertadan boshlab 3 va 4 yoshli bolalar bir guruxda, 5 va 6 yoshli bolalar alohida guruhda mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Hozircha bolalar haftaning dam olish kunlari – shanba va yakshanba kunlari mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Keyinchalik mashg'ulot haftasiga 3 martadan davom ettiriladi.

Prezidentimiz tomonidan farzandlarimizni to'g'ri yo'ldan sog'lom, barkamol va aqlli bo'lib etishishiga barcha sharoit yaratib berilyapti. Kelajakda shu bolalar nafakat “Lokomotiv”, balki O'zbekiston terma jamoasi sharafini xalqaro maydonlarda ham munosib himoya kilishadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика