Andro Giorgadze: "Superligada qolish uchun kurashishimiz kerak"
04 okt 10:35
Yangiliklar
Andro Giorgadze: "Superligada qolish uchun kurashishimiz kerak"
"Qo'qon-1912" futbolchisi Andro Giorgadze Superliga 24-turidan o'rin olgan OKMK - "Qo'qon-1912" (0:1) bahsidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ushbu uchrashuvga maksimal tarzda tayyorgarlik ko'rgandik va shundan kelib chiqib natijaga erisha oldik. Raqibni yaxshi o'rganganimiz foyda berdi. Murabbiylar shtabi, muxlislar va xodimlarga rahmat aytaman. Bugun Qo'qonda bayram.
Jamoada yosh futbolchilar ham bor, ammo bizga o'xshagan tajribali yigitlar barchasini tushunib turibmiz. Jamoaning musobaqa jadvalidagi holatini yaxshilashimiz kerak. Eng muhimi ochko to'plab borishda davom etish. Superligada qolish uchun kurashishimiz kerak," - dedi Andro Giorgadze OKMK mag'lub etilgach.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar