Kleydi Daci: "Biz uchun eng muhim narsa - ko'proq ochko to'plash"
04 okt 08:30
Yangiliklar
Kleydi Daci: "Biz uchun eng muhim narsa - ko'proq ochko to'plash"
Bu o'yin biz uchun juda muhim edi va bugun biz qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Hozirgi vaqtda biz uchun eng muhim narsa - ko'proq ochko to'plash," - dedi Kleydi Daci bahs yakunlangach.
- "Qo'qon-1912" so'nggi uchrashuvlarni yaxshi o'tkazmoqda. Jamoa sentyabr oyida umuman mag'lub bo'lmadi. Jamoa natijalarining bunday yaxshilanishiga nima sabab bo'ldi?
- Har bir futbolchi maksimum harakat qilyapti. Biz musobaqa jadvalida imkon qadar teparoq chiqib olishimiz kerak. Qo'yi pog'onalardan tepada bo'lsak, o'tish o'yinlarida ishtirok etmaymiz va ligada jon saqlab qolamiz.
- Bugun sobiq jamoangizga qarshi o'ynadingiz. Ushbu o'yinda qo'shimcha ishtiyoq bormidi?
- Ochig'ini aytsam, biroz g'alati hissiyot bo'ldi. Uch oy oldin men OKMK futbolchisi edim. Men hali hamon OKMK futbolchisiman va yana bir mavsumlik shartnomam bor, ammo hozirgi vaqtda o'z jamoamga yordam berishim kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar