Mareska "Liverpul"ning hozirgi darajasini baholadi
04 okt 10:58
Yangiliklar


Mareska "Liverpul"ning hozirgi darajasini baholadi
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska "Liverpul"ning ushbu mavsumdagi holati haqida gapirdi.
London klubi ertaga APLning 7-turida ushbu jamoaga qarshi bahs olib boradi. Arne Slot boshqaruvidagi mersisaydliklar liga turnir jadvalida peshqadamlik qilib turibdi.
"O'tgan safar ular ochko yo'qotishdi, lekin biz ham ularni mag'lub eta olamiz degani emas. "Liverpul"ga qarshi bahslar doimo qiyin o'tgan.
Diogu Jota voqeligidan keyin ular mavsumni fantastik o'tkazishmoqda. 20 yil oldin menda ham shunday holat bo'lgan. Bu faqatgina futbolchi yoki murabbiy emas, klub uchun ham og'ir holat. Mashg'ulot uchun klub qarorgohiga kelsang, bo'shliq ko'rasan. Bunday paytda juda kuchli bo'lish kerak.
Ular oddiy bo'lmagan muammo bilan to'qnash kelishdi, shu sababli jamoada barchasi joyida deyish mumkin", - dedi Mareska.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar