So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  0 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

“Liverpul”ning “suiqasd” o'yini: jamoa hukmronligi tugayapti Yangiliklar

“Liverpul”ning “suiqasd” o'yini: jamoa hukmronligi tugayapti

CHorshanba oqshomida “Liverpul” “Napoli” tomonidan 4:1 hisobida "parchalab tashlandi".

 "Daily Mail" kolumnisti, sharhlovchi va sobiq futbolchi Jeymi Karrager “Liverpul”ni ayab o'tirmay tanqid qildi va bu mag'lubiyat hali boshlanishi ekanidan xavotirda.

“Liverpul” shu vaqtga qadar liganing 6 o'yinidan 2 tasini o'z foydasiga hal qilgan.

Jeymi Karrager “Liverpul”ning CHempionlar Ligasi doirasida guruh bosqichi 1-turida “Napoli”ga yirik 1:4 hisobida taslim bo'lgan jamoa borasida shikoyat qildi. U jamoa himoyasida harakatlangan futbolchilarni “o'z joniga qasd qilish” futbolida o'ynaganlikda aybladi, shuningdek, u klubning yozgi transferlar oynasidagi faoliyatini tanqid qildi.

Yurgen Klopp shogirdlari chempionatdagi dastlabki o'yinning birinchi taymida raqib tomonidan "parchalab tashlandi" va ikkinchi bo'limda Luis Dias tasalli beruvchi golni kiritmaguniga qadar 4:0 hisobida ortda borayotgan edi. 

Olti o'yinda bor-yo'g'i 2 g'alaba bilan Premer-ligada qiyin startni boshdan kechirgan mersisaydliklar chorshanba kungi "kaltaklanish"dan keyin Karrager bu kattaroq bir narsaning aks sadosi ekanidan xavotirda ekanini bildirdi.

Yurgen Klopp shogirdlari Neapolda osonlikcha mag'lub bo'lishdi va Evropa startida dahshatli tush ko'rishdi.

Karrager CBS telekanalida: “Bugungi muammo bu o'yinda emas. Bu o'yinni unuting”, – dedi.

“Men uchun eng tashvishlanarlisi – bu butun mavsum davomida sodir bo'ladigan narsami? Bu bosqichning oxirimi?”.

“Liverpul” yozda transfer g'oyalarini juda noto'g'ri qabul qildi. Sababi ushbu jamoa shu paytga qadar harakatda edi va so'nggi 5-6 yilda nihoyatda tezlashib ketgandi”.

“So'nggi besh-olti yil ichida sodir bo'lgan voqealar, ular shu qadar shiddatli o'yin ko'rsatgani uchun endi jismoniy jihatdan pasayishga uchradimi? Bu jamoa quvvatini qayta tiklay oladimi?”.

“Liverpul” yozda Darvin Nunesni sotib olish uchun bir dunyo pul sovurdi va hujum chizig'iga Fabiu Karvalyuni ham olib keldi.

Ammo ular jamoadagi Jordan Henderson, Tiago Alkantara, Aleks-Oksleyd CHemberlen va Nabi Keytaning jarohati tufayli shoshilinch ravishda shartnoma imzolangan yarim himoyachi Artur Meloni olib kelish uchun oynaning oxirigacha kutishdi. 

Klopp avvaliga jamoaga hech qanday yarim himoyachi kerak emasligini aytgandi, biroq avgust oyi oxirida xato qilganini tan oldi. 

SHunga qaramay, Kloppning uch nafar yarim himoyachisi – Fabinyu, Xarvi Elliott va qarib qolgan Jeyms Milner “Napoli”ga qarshi kurash olib bordi, Virjil van Deyk va Jo Gomes himoyada ojiz bo'lib qoldi.

Karrager “Liverpul” himoyasi haqida: “Bu – uyatli! Ha, haqiqatdan shunday!”.

“Men avval ham aytganman, bu yosh bolalarga xos o'yin. Bu hozir “Liverpul”ning eng katta muammosi. Ularning muvaffaqiyatlari to'pdagi shiddatlilikka asoslangan edi, yani raqib gol urish uchun umuman to'p nazoratini ola bilmasdi”.

“Xo'p, sizning jamoangiz doimo tirishqoq. Har doim kompakt. Bazida xavf bor. Lekin siz to'pdan quvvat olasiz, hozir o'sha quvvat sizda yo'q, shuning uchun orqa chiziqdagi to'rtlik 3 yo 4 metr ortga qaytishingiz kerak”.

“Bu haqidagi gaplarimiz shu. Biroq agar ular shunday o'ynashda davom etishsa, ushbu mavsumda Premer-ligada katta qiyinchilikka duch kelishadi va CHempionlar Ligasi keyingi bosqichiga chiqish so'roq ostida qolib ketadi, chunki bu futbol o'z joniga qasd qilishidan boshqa narsa emas”.

Karrager o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni ham alohida ko'rsatib, u “Napoli”ning uchinchi goli urilgan paytda dog'da qoldirilgandi va to'rtinchi golda to'g'ri poziciya tanlay olmadi. Iqtidorli o'yinchi bo'lishiga qaramay, angliyalik himoyachi o'tgan bir necha oy davomida yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Ayniqsa, o'tgan may oyida CHempionlar Ligasi finalida Vinisius Juniorga qarshi uxlab qolgani uning harakatlaridagi eng esda qolarli pasayish bo'ldi. Uning o'tgan mavsumdagi holati yangi mavsumgacha bartaraf bo'lish o'rniga yanada kuchaygan ko'rinadi. 

“Trent bilan bog'liq jihat shundayki, men har doim u oddiy himoyachi emasligini aytganman. U himoyada eng zo'ri emas. Va hech qachon bunday bo'la olmaydi”, – dedi Karreger.

“Ammo uning bazi bir kuchli tomonlari va iqtidori borki, bularni odatiy qanot himoyachilarida ko'ravermaymiz. U “Liverpul”ning pleymeykeri, lekin men ushbu himoyaviy kurashlar boshqa murabbiy bilan kelishini o'ylashimni har qachon takidlaganman”.

“Qachonki “Liverpul” Evropaning va Angliya Premer-ligasining eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lishni to'xtatganda. Bu degani, ular ko'proq himoyalanadi, ular mana shunday kechalarni ko'proq o'tkaza boshlaydi. Ularning himoyadagi xatolari ko'proq ajralib tura boshlaydi. Biz bu jamoani to'p bilan kam ko'ramiz”.

“O'sha paytda u yarimthimoyaga o'tishi kerak bo'lishi mumkin. Yurgen Klopp jamoasida bo'lsangiz, normal holat bu to'p egaligida ustunlik qilish va o'yinda ustunlikni o'z tomoningizda saqlashdir”.

“Ammo uni haqiqiy bosim ostida ko'rsangiz, uning himoyadagi kamchiliklari yanada yaqqol ko'zga tashlanadi va uning hozirgi eng katta muammosi ham aynan shu. Bu undan keyin keladigan murabbiyda ham takrorlanadi deb o'ylayman, chunki bu muammo “Liverpul”ning o'zida bo'lib qolmoqda”.

“Liverpul”ning CHempionlar Ligasidagi keyingi ikki uchrashuvi “Ayaks” va “Reynjers”ga qarshi bo'lib o'tadi. Ular “Enfild”ga kelishadi. 

“Qizillar” birinchi tur yakuniga ko'ra, to'plar farqida “Reynjers”ni ortda qoldirib, 3-o'rinda bormoqda.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика