"Liverpul" va "Man Siti" 60 mln funtlik futbolchiga qiziqmoqda
10 mar 2024 21:14
Yangiliklar
"Liverpul" va "Man Siti" 60 mln funtlik futbolchiga qiziqmoqda
"Liverpul" va "Manchester Siti" "Vulvs" yarim himoyachisi Pedru Netuga qiziqmoqda.
Netu ikki mavsum oldin "Arsenal" bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan, ammo o'shanda "Vulvs" 2027 yilga qadar bitimi bor bo'lgan futbolchini sotmoqchi emasdi.
Ammo, "Vulverxempton" yarim himoyachisi shu yozda Premer-liganing ko'plab klublari tomonidan diqqat bilan ko'rib chiqiladi. Uning transfer narxi 60 mln funtdan oshishi mumkin.
Xabar qilinishicha, portugaliyalik futbolchini yozda hamyurti va sobiq jamoadoshi Mateus Nuneshning Manchester klubiga o'tishida jonbozlik ko'rsatgan "Siti" skautlar jamoasi yuqori baholagan.
Pedru Netu joriy mavsum APL doirasida 2ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar