"Liverpul" va "CHelsi" "Vulverxempton" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
26 jan 2023 11:38
Yangiliklar
"Liverpul" va "CHelsi" "Vulverxempton" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
APL top-klublari portugaliyalik futbolchini kuzatib bormoqda.
"CHelsi" va "Liverpul" yozda "bo'rilar" yarim himoyachisi Mateus Nunesni sotib olmoqchi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchi 2022 yilning yozida 43 million evro evaziga "bo'rilar" safiga qo'shilgan va joriy mavsum yakunlanganidan keyin 49 million evroga sotilishi kutilmoqda. Mersisaydliklar so'nggi transfer oynasida futbolchiga davo qilgan, ammo kelishuvni yakunlay olmagandi.
24 yoshli yarim himoyachining "Vulverxempton" bilan kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Nunes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar