"Liverpul" Enco Fernandes uchun 100 million evro taklif qildi
26 dek 2022 14:40
Yangiliklar
"Liverpul" Enco Fernandes uchun 100 million evro taklif qildi
Ammo "Benfika" rad javobini berib, tovon puli talab qildi.
"Liverpul" "Benfika"dan Enco Fernandesni sotib olmoqchi.
Portugaliyalik jurnalist Pedru Almeyda xabariga ko'ra, ingliz klubi 21 yoshli markaziy yarim himoyachi uchun taxminan 100 million evro taklif qilgan, biroq "Benfika" rad javobini bergan.
Lissabon klubi "Liverpul"ga Fernandesni shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lagan taqdirdagina qo'yib yuborishini aytdi.
Avvalroq Enconing tovon puli 120 million evroni tashkil qilgani xabar qilingandi. "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari shuncha pulni to'lashga tayyorligi haqida malumotlar chiqqandi.
Eslatib o'tamiz, Fernandes JCH-2022da eng yaxshi yosh futbolchi sifatida tan olingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar